Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya kafedrasi

Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya kafedrasi

O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Abduraxmonov Ma’mur Mustafoevich
professor
Abdumajidov Hamidullo Amanullayevich
professor
Abidov O'tkir O'ktamovich
T.f.n
Maxmanazarov Orifjon Mirzonazar o'g'li
assistent

Kafedra tarixi

Murodov To`ymurod Raxmonovich t.f.n. 1994-1998 y

Murodov To`ymurod Raxmonovich t.f.n. 1994-1998 y

Kafedraga 1994 yilda asos solingan. Kafedra mudiri etib t.f.n Murodov T.R tayinlangan. Kafedrada assistentlar t.f.n. Raxmatov J.K., Bozorov E., Saidov G.S., Ostonov O.R., Sayfullaev N.Ya., Davlatov S., Saidov S.S., Sharipova M.M. lar faoliyat yuritishgan. Keyinchalik institutning 31.08. 1997 yildagi № 4173 sonli buyrug`iga asosan kafedra mudiri etib t.f.d., professor Rauf Yuldashevich Omirov tayinlangan.

     Kafedrada  kafedra dotsenti t.f.n. O`roqov Sh.T., assistentlar t.f.n. Murodov T.R., t.f.n. Saidov S.S. t.f.n. Abduraxmanov M.M. va kafedra aspiranti Abidov O`.O. ishlashgan. Marhum ustoz professor Rauf Yuldashevich Omirov nurli xotirasi shogirdlar va hamkasblar yodida manguga muhrlandi. Professor kafedrani 2005 yilgacha boshqardi va salomatligi yomonlashgani bois ish va ilmiy faoliyatini to`xtatishga majbur bo`ldi.

   Shu yillarda kafedra va kafedra xodimlari o`zini tajribaviy va pedogogik saloxiyatini mustahkamlab oldi. Professor Omirov R.Yu tomonidan ko`krak kafasi, qorin bo`shlig`i va qalqonsimon bezda ko`plab operatsiyalar amalga oshirildi, u kishining raxbarligi ostida 4 nafar nomzodlik va 1 nafar doktorlik ishi muvaffaqiyatli himoya kilindi.

 2005 yildan boshlab kafedra mudiri etib t.f.d.O‘roqov SHuxrat To‘xtaevich tayinlandi.

2007 yilda 6-7 kurs Xirurgik kasalliklar kafedrasi Bolalar xirurgiyasi kafedrasi bilan birlashtirildi.

2015-2016 yildan to 2016-2017  o‘quv yiligacha kafedra tarkibiga «Onkologiya, nur tashxisoti va terapiyasi» kursi qo‘shildi. Kafedra «Xirurgik kasalliklar, bolalar xirurgiyasi, onkologiya, nur tashxisi va terapiyasi» deb nomlandi.

2017- yildan kafedraga “Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya” kafedrasi nomi berildi.«Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya»  kafedrasi o‘quv jarayonlarini RSHTYoIM Buxoro filialida I-II chi jarrohlik, qabulxona, kombustiologiya, umumiy reanimatsiya, nevroreanimatsiya, kardioreanimatsiya bo‘limlarida va shok palatasida olib bormoqda.

 Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi: Kafedra mudiri: t.f.d. O‘roqov SH.T, kafedra professori: t.f.d. Abduraxmanov M.M., kafedra dotsenti: t.f.n. Eshonov O.SH., kafedra assistentlari:t.f.n. Musoyev T.Y., t.f.n. Abidov O`.O., t.f.n. Abduraxmonov SH.M., t.f.n. CHo‘liyev A.T., t.f.n. Abduraxmonov Z.M., assistent Boltayev E.B., assistent Po`latova SH.X., assistent Rizayeva M.J., assistent Isomitdinov B.SH., assistent Xayitov D.X., assistent Qayumov M.T., assistent Oltiyev U.B.

Kafedrada o‘quv jarayoni yuqori kvalifikatsiyadagi o‘quv texnik vositalar bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi. Har bir auditoriyada kompyuter va zamonaviy texnologiyalar bor, elektron kutubxona va Hemis dasturidan foydalanish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari kafedrada multimedia asosida dars o‘tish uchun proektor, elektron doska, amaliy mashgulot darslarini yanada mukammallashtirish uchun tarqatma materiallar tayyorlashga qullaylik yaratuvchi skanerlar, fotoapparat va videokameralar mavjud. Kafedraning ma’ruzalar xonasida amaliy ko`nikma va operatsiyalar tasviri tushirilgan 3D formatdagi DVD disklar 100 dan oshiq. Kafedrada xirurgiya va anatomiya, operativ xirurgiya, anesteziologiya va reanimatologiya  kurslariga ta`luqli kitoblar bor.

Kafedra xodimlari respublika va jahon miqyosidagi doimiy ravishda ilmiy, amaliy konferensiyalar va forumlarga qatnashib kelmoqda. Kafedra o`zini saytiga ega, saytda doimiy ravishda ilmiy va o‘quv jarayoniga ta`lukli yangiliklar yoritib borilmoqdi. Hozirda «Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya» kafedrasi institutdagi nufuzli kafedralar toifasiga kiradi.

Kafedrani oldiga qo`ygan asosiy maqsadi Buxoro viloyati va qo‘shni viloyatlarga yuqori saviyaga ega bo‘lgan vrach-xirurglarni yetkazib berishdan iborat. Ayni vaqtda kafedra Respublika SHoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali 1-2 shoshilinch xirurgiya bo`limlarida joylashgan. Kafedrada 14 nafar magistr va 23 nafar klinik ordinator tahsil olmoqda.

Davolash ishlari

Karaganda tibbiyot oliygohi professori Dimitriy Matyushko bilan birgalikdagi bemorlar ko‘rigi

Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti professori bilan birgalikdagi bemorlar ko‘rigi

O‘quv ishlari

Kafedra xodimi Rizayeva Malika Jamolovna talabalar bilan klinik mashg‘ulot jarayonida

Kafedraning yutuqlari:

Kafedra assistenti Rizayeva Malika Jamolovnaning 2020 yil viloyat hokimligida “Mehr – sahovat” medali bilan taqdirlash marosimi.

Kafedra assistenti Isomiddinov Bekzod Shavkatovich 2021 yil “El yurt umidi jamgarmasi” grandi bilan taqdirlash marosimi.

Kafedraning ilmiy faoliyati:

1.Jigar diffuz kasalliklari bilan kechuvchi abdominal xirurgiya patologiyalarida davo taktikalarini optimallashtirish;

2.Qon tomir kasalliklari zamonaviy davo usullarini shoshilinch xolatlarda qo`llash;

3.O`t yo`llari patologiyalarida davo taktikalarini takomillashtirish;

4.Periferik nerv tomir shikastlanishlarida mikroxirurgik metodlarni ko`llash.

5.Kardiogen shok davo metodlarini optimallashtirish

6.Yurak ritmi buzilishlarini optimal davolash usullarini ishlab chiqish

7.Koronavirus infeksiyasi COVID-19 ni davolashda respirator terapiyani takomillashtirish.

8.Bosh miya shishini davolashni takomillashtirish

9.Turli xildagi shok holatlarida mikrotsirkulyasiya buzilishlarini erta tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish.

Istiqbolli rejalar:

  • Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish;
  • Xorijiy mamlakatlar bilan o’quv, ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish
  • Kafedra moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va o`quv laboratoriya jihozlari bilan boyitish

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

“Xirurgik kasalliklar va reaniasiya” kafedrasi xodimlari”

Buxoro davlat tibbiyot instituti va viloyat miqyosida o'tkazilgan tadbirlar tadbirlar

26.08.2021da Kafedrada yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy hamda “Ustoz shogird” tizimidagi rejasi ishlab chiqildi va qurildi.

17 sentyabr kuni erta tongdan “Ko’hna va boqiy Buxoro” markaziy markazida “So’g’lom hayot sari” shiori ostida velomarafon bo’lib o’tdi.

30.09.2021 yil “1-oktyabr – chiquvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozlarni qadrlaymiz va ezozlarimiz” mavzusida 509-guruh talabalar bayram bayramlari tashkil etildi.

18.11. 2021 Yil “Bairok – Khalqni Birlik Kuch” Mavzusida Davra Sukhbati Utkazildi.

Yangi yil 2021 yil

7.05.2022 – Buxoro viloyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jaxon urushi va fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 76 yilligi munosabati bilan katta g’alabaga o’zining munosabati bilan qo’shilgan insonlarga yordam berish tadbirlari boshlandi.

Jarroh Borisova Nadejda Petrovna xotirasiga bag’ishlangan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlar

Buxoro davlat tibbiyot Institute xalkaro Turkiya fakultete 22 dekabr kudina Yuliy malakali maktabi Anesteziologiya yunalishi 3 boskich talabalarining 11 shaxar poliklinikasida bulib utayotgan Anesteziologiya fani dars jarayoni kuzatildi.

“Yosh xirurglar va reanimatologlar”

“Adabietga e’tibor-ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”.

Kitobxonlik 607 –grurux

9.12.2021 “Xirurgik kasalliklar va reanimasiya” kafedrasi kafedra mudiri t.f.D. Urokov Sh.T., t.f.n. Abidov U.U., ass.Boltaev E.B., Isomiddinov B.Sh., Rizaeva M.J. bilan “korrupsiya-tarakkiet kushandasi mavzusida seminar utkazish.

9 dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni 

26.05.2022-  Tibbiy pedagogika va OHI fakulteti t.f.n. Rajabova G.X, Davolash dekan professor Safoev B.B., dekan muovini t.f.n. Timur Shavkatovich ва katta o’qituvchi karomat Shoimomich talabalarga ishlar boshkarmasiga shifokor ftiziatr ichki ishlarga taklif kilindi.

22.01.2022у Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya kafedrasi professori M. M. Abduraxmanovning 75 yilligi.

Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya kafedrasi dotsenti T. R. Muradovning 70 yilligi.

Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya kafedrasi dotsenti Sh.M. Abdurahmonovning 50 yilligi.

25.02.2022- Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash prorektori Zubayda Baxronova Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak koʻrsatkichi bilan oldi.

03.06.2022 yil O’zbekiston Xalq Xofizi Akademik Avazxon Rajabov xonadonda, ustoz san’atkor Raxmatjon Kurbonov Xotirasiga bag’shilog o’tkazilgan kecha.

“Talabalar turar joyida” amalga oshirilgan tadbirlar

13.10.2021 Kafedra xodimlari yordamchilari Rizaeva M.J. va Xayitov D.X. kafedra boshqaruvchisida t.f.d. Urokov Sh.T. va ukuv bulimi dekan urin bosari Raximov Rashid Raximovich himoya BDTI TYOda tadbir tashkil qilinardi. Kafedra xodimlari, ukuv bulimi dekan urin bosari Rashid Raximovich va talabalar orasida “Ekologiya uzgarishining inson salomatligiga tasir” shu mavzuda tashkil etildi.

23.12.2021-Ayni kun Buxoro shahridagi “Yoshlar festivali” doirasidagi “Zakovat” intellektual oʻyinida Buxoro davlat tibbiyot institutining “Gippokrat jamoasi” faxrli 1-oʻrinni qoʻllab-quvvatladi.

03.02.2022- Sog’lom turmush tarzi

16.02.2022у “Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati”

2.04.2022- “Ranglar jilosida — Ona Diyor” nomli ijodiy tanlov bo‘lib o‘tmoqda.

2.03.2022у Ayolqizlardan sportga “Sport bizni birlashtiradi”

12.06.2022- velomarafon bo’lib o’tdi