Kafedra tarixi

Odam anatomiyasi kafedrasi 1990 yil 1 oktyabrda rektor, professor A.I.Mo’minovning buyrug’i bilan tashkil etilgan. “Jarrohlik va topografik anatomiya” kafedrasi o’z faoliyatini 1991 yil 2 sentyabrda boshlagan. 2005 yil aprel oyidan boshlab “Odam anatomiyasi” va “Operativ jarrohlik va topografik anatomiya” kafedralari birlashtirildi. 2017 yildan buyon kafedra “Anatomiya va klinik anatomiya (OXTA)” deb nomlandi.

O’tgan vaqt ichida Odam anatomiyasi kafedrasini dotsent K. R. Ochilov (1990-1996), professor B.A.Hidoyatov (1996-2012), dotsent A.B.Radjabov (2012 – 2014), professor Sh.J. Teshayev (2014-2016), dotsent A.B.Radjabov (2016 – 2020), PhD D.A.Xasanova (2021) boshqarishdi. 2021 yil sentyabrdan hozirgi kunga qadar kafedrani PhD R.R.Baymuradov boshqarib kelmoqda.

Kafedra faoliyati davomida quyidagi xodimlar faol va samarali ishladilar: M.F. Mamatnazarova, I.S. Ismoilova, L.N. Nurullayeva, G.E. Idiyev, G.M. Axmedova, N.K. Ruziyeva, U.K. Turdiyeva, M.Ch. Xolov, R.B. Rajabova, M.Ch. Boyqulov, A.A. Po’latov, Z.A. To’rayeva, N.N. Bazarova, N.K. Norova, G.S. Yadgarovalar.

OXTA kafedrasini professor CH.K. Qurbonov (1991- 1994 yillar), katta o’qituvchi U.R.Turayev (1994 – 1995 yillar), dotsent T.K. Karimov (1995-1996 yillar), dotsent M.B. Bo’riyev (1996 – 1998 yillar) , dotsent M.F.Mamatnazarova (1998-2000 yillar), dotsent Sh.J.Teshayevlar (2000-2005 yillar ) boshqarishdi.

Kafedra faoliyati davomida quyidagi xodimlar faol va samarali ishladilar: M.F. Mamatnazarova, I.S.Ismoilova, L.N.Nurullayeva, G.E.Idiyev, G.M.Axmedova, N.K.Ruziyeva, U.K. Turdiyeva, M.Ch.Xolov, R.B.Rajabova, M.Ch. Boyqulov, A.A.Po’latov, Z.A. To’rayeva, N.N.Bazarova, N.K. Norova, G.S. .Yadgarovalar.

Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil etilgan birinchi kundanoq morfologik kafedralar o’quv amaliyoti jarayoniga va ilmiy ishlar faoliyatini chuqurlashtirishga e’tibor qaratilgan. Tabiiyki, birinchi navbatda morfologik fanlar kafedrasi yaratildi, bunda respublikamizdagi tibbiyot institutlaridan oliy toifali mutaxassislar jalb qilingan. Ushbu kafedralarda o’quv jarayonini to’liq o’tkazish uchun o’likxonalar tashkil etildi, mikroskoplar va mikropreparatlar to’plami olib kelindi, o’quv xonalari zarur jihozlar va ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlandi. Bular o’z navbatida yillar davomida yangilanib borib, har bir o’quv xonasiga skelet, suyaklar to’plami, planshetlar, elektron doskalar, mulyajlar va jadvallar taqdim etildi. Shu bilan birga, kafedrada anatomik muzey tashkil etildi, u yillar davomida yangi jihozlar bilan to’ldirib borildi. Kafedrada talabalari mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratilgan holda doimiy ravishda ishlatiladigan, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida qo’llaniladigan makro va mikropreparatlar hamda alohida a’zolarning mulyajlari tayyorlanib boriladi.

             Turli yillarda kafedrani boshqargan professor – o`qituvchilar:

Komil Raximovich Ochilov

(1990-1996 г)

Baxtiyor Abdugapparovich Xidoyatov

(1996-2012 г)

Axtam Boltayevich Radjabov

(2012-2020 г)  

Shuxrat Jumayevich Teshayev

(2014-2016 г)

Xasanova Dilnoza Axrorovna

(2021 )