Buxoro davlat tibbiyot instituti Magistratura bo’limi

 

 

image001

Oroqov Shuhrat Toxtaevich

Bolim boshligi, tibbiyot fanlari doktori

Tugilgan yili: 17.08.1962- yil

Tugilgan joyi: Buxoro viloyati, Gijduvon tumani

Ma’lumoti boyicha: Vrach-xirurg

Chet tillarni bilishi: rus tili, ingliz tili

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Telefon: 0 365 223-15-13, +998 90 718-10-40

Faks: 0 (365) 223-00-50

Qabul kunlari: har kuni

 

                            Magistratura bo‘limi haqida

      Buxoro davlat tibbiyot institutida vrach mutaxassislarni magistraturaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 11- iyundagi “2013-2014- o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga qabul togrisida”gi PQ-1982-sonli qarori va Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligining 2013- yil 18- iyuldagi №263-sonli “2013-2014- o‘quv yiliga oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirish sinovlarini tashkil etish va otkazish togrisida”gi buyrugiga asosan tashkil qilindi. Magistratura bolimi institutda tahsil olayotgan magistrlar va klinik ordinatorlar faoliyatiga muvofiqlashtirib kelmoqda. Unga asosan 2013-2014- oquv yilida Akusherlik va ginekologiya, Umumiy xirurgiya, Ichki kasalliklar (Terapiya) va Morfologiya mutaxassisliklari boyicha magistraturaga qabul qilindi.

2013-2014- o‘quv yilida institutda Magistratura bo‘limi tashkil qilindi va bo‘lim mudiri qilib Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi dotsenti I. Mirxodjaev tayinlandi.

2015-2016- o’quv yilida 2015- yil 23- iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2359-sonli qarori asosida Sport tibbiyoti mutaxassisligi bo’yicha yangi magistratura yo’nalishi ochildi.

2015-2017- yillar magistratura bo’limi boshlig’i bo’lib, Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi mudiri, dotsent Davronov Raxmon Davronovich faoliyat ko’rsatdi.

2015- yilda 3 nafar, 2016- yilda 18 nafar, 2017- yilda 26 nafar magistrlar o’z mutaxassiliklari bo’yicha magistraturani tugatib shulardan 20 nafari institutda faoliyatini davom ettirmoqda.

2016-2017- o’quv yilida O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2016- yil 26- maydagi PQ-2534-sonli qarori asosida Buxoro davlat tibbiyot institutida magistratura yo’nalishlarining yangi Endokrinologiya, Oftalmologiya, Otorinolaringologiya va Kardiologiya mutaxassisliklari ochildi. Magistratura va klinik ordinaturaning barcha yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM tomonidan 2017- yilida Davlat attestatsiya va akkreditatsiyasidan o’tdi.

2017-2018- o’quv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 5- maydagi PQ-2955 sonli qarori asosida Dermatovenerologiya va Stomatologiya mutaxassisliklari bo’yicha yangi yo’nalishlar tashkil qilindi.

Institut magistrlari Boymurodov Ravshan, Zuxurov Suxroblar xalqaro “TEMPUS”grant dasturi bo’yicha xorij mamlakatlarida malaka oshirib keldilar.

Magistratura talabalari Kadirov Bexruzbek, Badriddinova Barnolar 2017- yilda, Rizaeva Mexriban, Badriddinova Barnoxon, Kudratova Dilnoza, Jalolova Nigina, Kadirov Bexruzbek 2018- yilda Samarqand davlat tibbiyot instituti bazasida “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzuida o’tkazilgan 71-72- xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda nufuzli o’rinlarni egallab, diplomlar sohibi bo’ldilar. 2018- yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida Tosheva Iroda va Oripova Feruzalar Akusherlik va ginekologiyadan malakaviy amaliyot o’tadi. 2018- yil Moskva shahrida “Снeгeрёвскиe чтeниe” to’rtinchi Rossiya ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib Guvohnoma bilan taqdirlandi. Oripova Feruza “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi magistranti 2018- yil Yoshlar ittifoqi “O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni” nomzodi sifatida qatnashib viloyat bosqichidan o’tgan.

1. Birinchi kursga qabul qilingan 45 nafar magistratura talabalariga dissertatsiya mavzulari tanlanib ularning ilmiy rahbarlari va kafedra mudiri bilan birgalikda ko’rib chiqilib, dastlab kafedrada muhokama qilindi. 20 mutaxassislik bo’yicha barcha magistrlarning ilmiy mavzulari 3 oy davomida “Muammolar komissiyasi”da muhokama qilinib, dekabr oyining oxirida fakultet kengashida tasdiqlandi.

2. 2018-2019- o’quv yilida magistratura mutaxassisliklariga yarim yillik semestr yakunlari bo’yicha attestatsiya o’tkazish amalga oshirilmoqda.

3. Institutda 2018-2019- o’quv yili uchun “Yo’l xaritasi”da belgilangan bitiruvchi magistratura talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini (YaDA) va magistrlik dissertatsiya himoyasini tashkil etish va o’tkazish iyun oylarida rejalashtirilgan. 2018-2019- o’quv yilida 11 mutaxassislik bo’yicha 20 nafar bitiruvchi, ulardan 9 nafari grant asosida, 11 nafari kontrakt asosida tugatadi.

 

© 2018 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter