XALQARO HAMKORLIK BO’YICHA PROREKTOR

 Nasullaev Ahatjon Askarovich, PhD

 

 

     Ahatjon Nasullaev 1990-yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2007-yilda Buxoro davlat Universiteti huzuridagi Gimnaziyani, 2012-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining Xalqaro munosabatlar yo’nalishini tugatgan. 2012-yildan 2014-yilga qadar Italiyaning Pavia Universiteti hamda Pavia yuqori tadqiqotlar institutida Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo’yicha magistratura dasturida tahsil olgan. 2014-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida yetakchi uslubchi, bosh uslubchi, katta o’qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2015-2019-yillarda Italiyaning Karlo Kattaneo Universitetida doktoranturada tahsil olgan. 2018-2019-yillar davomida Estoniyaning Tallinn texnologiya Universiteti, Fransiyaning Bordo Universiteti, Chexiyaning Praga iqtisodiyot Universitetida visiting tadqiqotchi sifatida faoliyat ko’rsatgan. 2019-yil Italiyada menejment yo’nalishida o’z doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD darajasini qo’lga kiritdi.

  2019-yil 3-iyundan Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori.

   Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Innovatsion menejment, Sog’liqni saqlashni boshqarish, sog’liqni saqlashda innovatsiyalar.

    Telefon: +99893 683 42 22

    Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

    

© 2018 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter