Iqtidorl talabalar bilan ishlaash nizomi

Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan eng namunali yoshlar 

                                                     firuza

Oripova Feruza Shopulotovna

 1991 yil Buxoro  viloyatining Kogon shahrida tug’ilgan. Ma'lumoti oliy. 2016 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Akusher-ginekolog. Hozirda Buxoro davlat tibbiyot instituti magistratura yo’nalishi 3 bosqich talabasi.

    2012 yilda “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko’rik tanlovining Buxoro shahar bosqichida 1-o’rinni egalladi. Institutda o’tkazilgan Talabalar ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelgan.

     2018 yil Moskva shahrida I.M.Sechenova nomidagi 1-Moskva tibbiyot universitetida akusherlik va ginekologiya malakaviy amaliyot o’tagan.

    2018 yil  Moskva shahrida  “Cнегиревские чтенийaIV Рoссийскoй нaучнo-прaктическaя конференция”  qatnashib guvohnoma bilan taqdirlangan.

   2018 yil O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni Buxoro viloyat saralash bosqichi faol ishtirok etdi. Shuningdek, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi sifatida tashkilotning har bir tadbirlarida qatnashib keladi.

    F.Oripova oliygohda tahsil olishi davomida institutning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda o’zining munosib hissasini qo’shib kelmoqda.

   F.Oriovaning dolzarb mavzularga bag’ishlangan 20ga yaqin maqola va tezislari Rossiya Federatsiyasida o’tkazilgan xalqaro anjumanlarda hamda O’zbekiston Respublikasi miqqiyosidagi ilmiy jurnallarda nashr etilgan. 

   Shu bilan birga institutda chop etiladigan “Ibn Sino vorislari” gazetasida uning ko’plab ilmiy-ommabop maqolalari chop etiladi.

   Xozirgi kunda, Buxoro davlat tibbiyot institutida “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish” bo’lim boshlig’i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

 image004

Xafizova Dilnoza Baxodurovna

          1992 yil Buxoro  shahrida tug’ilgan. Ma'lumoti oliy. 2018 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – UASH ginekolog. Hozirda Buxoro davlat tibbiyot instituti magistratura yo’nalishi 1 bosqich talabasi.

  2018 yil INNODAY-2018 Innovatsion ishlanmalar yarmarkasida qatnashib 1-o’rinni egallagan. 20 ga yaqin maqola va tezislari Respublikasi miqiyosidagi ilmiy jurnallarda nashr etilgan. 

 image006

Ismoilov Ibodjon Imomjonovich

    1992-yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug’ilgan, Ma'lumoti tugallanmagan oliy. Buxoro davlat tibbiyot instituti 6 bosqich tibbiy pedagogika fakulteti talabasi. 

      Yutuqlari: «Молодежь ХХI века: образование, Наука, Инновации» nomli xalqaro talabalar ilmiy konferentsiya. Moskva Novosibirsk.

      “IX Innovatsion g’oyalar, ishlanmalar, texnalogiyalar va loyihalar” Buxoro viloyati hududiy yarmarkasi g’olibi.

«Актуальные вопросы Герниологии» nomli xalqaro ilmiy konferentsiya. Moskva Buxoro viloyatida bo’lib o’tgan “Народ и здоровье 2016” nomli III xalqaro tibbiyot konferentsiyasi. “Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivali shahar va viloyat bosqichida “Zamonaviy ilmiy g’oyalar” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi. «Социально-экономическое и научно-тенологическое развитие: прогноз и перспективы» Nomli xalqaro ilmiy konkurs. Volgograd Moskva. 2017 yil KamolotYoIH tomonidan otkazilganMunozara”              III-Respublika turnirida Buxoro viloyati jamoasi safida faol ishtirok etdi.

      Toshkent davlat stomatologiya institutida o’tkazilgan Respublika tibbiyot institutlarining “Normal fiziologiya” mutaxassisligi bo’yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy II - bosqichida ishtiroki.

        O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar Kengashi” a’zolari uchun o’tkazilgan o’quv seminar qatnashchisi. Buxoro davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonida o’qitishning yangi innovatsion usullarini amaliyotga tadbiq etish” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi ishtirokchisi. “Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivali shaharva viloyat bosqichida “Zamonaviyilmiyg’oyalar” 1-o’rin g’olibi.

        “X Innovatsion g’oyalar, ishlanmalar, texnologiyalar va loyihalar” Buxoro viloyati yarmarkasi, 1-o’rin g’olibi. Oliy ta’lim talabalari uchun ta’sis etilgan “KАMOLOT” stipendiyasining 2016 yildagi sovrindori. Viloyati hokimi tomonidan tashkil etilgan “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi” mazusida yosh tadbirkorlar biznes forumi, eng yaxshi ishlanmasi nominatsiyasi g’olibi. 24-25 noyabr kunlari Buxoro viloyatida bo’lib o’tgan IX-xalqaro “ Ibn Sino o’qishlari” ilmiy konferentsiyasi ishtirokchisi.

     O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil qilingan Oliy taьlim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Intellektual turnir” da “Creative” jamoasi tarkibida ishtirok  etib 2-o’rin g’olibi. ХI Международная ХХ всероссийская Пироговская научная медицинская конференция студентов. «Научный форум: медицина, биология и химия»  III- xalqaro ilmiy konferentsiya. Moskva. Buxoro davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan “talabalar ilmiy anjumani xirurgiya yo’nalishida 1-o’rin sohibi. Samarqant davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan Respublika tibbiyot institutlarining “Patologik fiziologiya” mutaxassisligi bo’yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy II - bosqichida ishtiroki Buxoro viloyati Mehribonlik uyida o’tkazilgan treninglarni tashkil etgani uchun. International Research and Practice Conference “IMMUNOLOGY – INTERDISCIPLINARY  PROBLEMS”. Bukhara 2018-2019 o’quv yili uchun Islom Karimov Davlat stipendiyasi sohibi.

 

 image008

Suleymanova Gulrux Suleyman qizi

        1995 yil, Buxoro shaxarda tug’ilgan.  Ma'lumoti tugallanmagan oliy.  O’zbekiston davlat tibbiyot  institutini   davolash  fakulьteti 5- bosqich talabasi.

      2018yil  Vrachlar  assotsiatsiyasi  nomidagi  davlat stipendianti. 

   «Sotsialьno-ekonomicheskoe i nauchno-tenologicheskoe razvitie: prognoz i perspektiv{ы}» Nomli xalqaro ilmiy konkurs. Volgograd Moskva. 10ta maqola va tezislari Rossiya Federatsiyasida o’tkazilgan xalqaro anjumanlarda hamda O’zbekiston Respublikasi miqiyosidagi ilmiy jurnallarda nashr etilgan. 

 image010

Malikova Dildora Maqsud qizi

      1997 yil  Navoiy viloyatda tug’ilgan.  Ma'lumoti tugallanmagan oliy.  O’zbekiston davlat tibbiyot institutini Oliy hamshiralik ishi 3- bosqich talabasi.

     2017yil “Yuksak ma'naviyatli avlod” ko’rik tanlovi viloyat bosqichida 3-o’rinni egallagan. 2018 yil Rossiyaning Penza shahrida bo’lib o’tgan xalqaro konkursda o’z maqolasi bilan ishtirok o’tib 2 - darajali diplom va sertifikatga ega bo’lgan. 2018 yil Tojikistonning Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan konferentsiyada faol qatnashib sertifikat bilan taqdirlangan. Boshlovchilik qobiliyatiga ega bo’lib, juda ko’p jurnallarda  maqolalar i chiqqan.

 image012

Salimova Muharram To’lqinovna 

      1995 yil  Buxoro shaxarda tug’ilgan. Ma'lumoti tugallanmagan oliy.  O’zbekiston davlat  tibbiyot  institutini Oliy  hamshiralik  ishi 2- bosqich talabasi. 

2017 yil “Tafakkur sinovlari” ko’rik tanlovining Buxoro viloyati bo’yicha 2-o’rinni egalladi. 2017 yil “Yil hamshirasi” ko’rik tanlovining viloyat va Respublika bosqichida faxrli 1 - o’rinni egallagan.

 

image014 

Ismatova Sitorabonu Farxod qizi

  2000 y il, Buxoro shaxarda tug’ilgan. Ma'lumoti tugallanmagan oliy.  O’zbekiston davlat tibbiyot institutini davolash fakulteti 1- bosqich talabasi

 

 2015 yil “Zulfiya”nomidagi davlat mukofoti sovrindori 10ga yaqin maqola va tezislari Rossiya Federatsiyasida o’tkazilgan xalqaro anjumanlarda hamda O’zbekiston Respublikasi miqiyosidagi ilmiy jurnallarda nashr etilgan.

 image016

Mamatqobilova Sohiba Shokir qizi

   1995 yilSurxandaryo viloyati Termiz shaxarda tug’ilgan.  Ma'lumoti tugallanmagan oliy.  O’zbekiston davlat tibbiyot institutini davolash fakulteti 5- bosqich talabasi.

   2018yil “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” fanidan Respublika fan olimpiadasida 2-o’rini egalladi. “Xaf omillariga kiruvchi virusli gepatit  B,S,D aholi orasida kasallikni profilaktikasi” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda

 image018

Qilicheva  Vazira Аkramovna

1995 yil, Buxoro shaxarda tug’ilgan. Ma'lumoti tugallanmagan oliy.  O’zbekiston davlat tibbiyot institutini davolash fakulteti 5- bosqich talabasi.
2018yil “Ibn Sino” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.

 

 image020

Yazmuradov Farxod Аkmuradovich

1993yil  Buxoro shaxarda tug’ilgan.  Ma'lumoti tugallanmagan oliy.  O’zbekiston davlat tibbiyot  institutini   davollash  fakulteti 5- bosqich talabasi.

2018yil “Terapiya” fanidan Respublika fan olimpiadasida 3-o’rinni egallagan. 10ga  yaqin maqolalari O’zbekiston Respublikasi miqiyosidagi ilmiy jurnallarda nashr etilgan.  

 

iq

- Республика ва халқаро миқёсда ўтказиладиган илмий анжуманлар, фан олимпиадалари, семинарлар, танловларда иқтидорли талабаларнинг иштирокини таъминлаш;

     - Ўзбекистон Республикаси Давлат стипендиялари, хорижий фондлар грантларига, номли стипендияларга тавсия қилиш;

     - хорижий таълим муассасалари ва илмий марказларига иқтидорли талабалар ва ёш мутахассисларнинг боришига тавсия бериш ва ташкил этиш;

     - иқтидорли талабалар ўртасида мунтазам равишда социологик тадқиқотлар ўтказиш;

         - “Энг яхши талаба илмий иши” танловини ташкил этиш ва ўтказиш;

Талабаларни илмий-тадқиқот ишларига фаол йўналтириш борасида бўлим томонидан қуйидаги вазифалар юзасидан фаолият олиб борилади:

     - талабаларга ўз иқтидорини рўёбга чиқаришлари ва ривожлантириш учун илмий муҳит ва шароит яратиш, бу ишга илмий муҳит ва шароит яратиш, бу ишга илмий мактаблар ва олимлар, профессор-ўқитувчиларнинг фаол иштирокини таъминлаш:

     - кафедраларда олиб борилаётган долзарб илмий-тадқиқот, инновацион ишларга талабаларнинг фаол қатнашишини таъминлаш;

   - иқтидорли талабаларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш;

   - касбий тайёргарлик бўйича уларнинг ижодий, интеллектуал салоҳиятини ривожлантиришга қаратилган фаолиятга кенг илмий жамоатчиликни жалб қилиш:

   - истеъдодли талабаларни илмий-тадқиқот дастурлари асосида олиб борилаётган фаолиятларга қатнашувини таъминлаш:

   - талабалар илмий анжуманлари, семинарлари, илмий-тадқиқот ишлари танловларини, давра суҳбатларини, фан олимпиадаларини ва бошқа тадбирларни ташкил қилиш ва ўтказиш:

Бўлим қуйидаги ишлар бўйича мониторинг олиб боради:

     - талабалар илмий-тадқиқот фаолияти, илмий тўгараклар, илмий лабораториялар, семинарлар, танловларнинг ташкил этилиши ва фаолият юритиши:

   - кафедраларда талабалар илмий-тадқиқот ишларининг ташкил этилиши:

   - талабалар илмий-тадқиқот ишлари бўйича кафедраларнинг Фанлар академиясининг тегишли тармоқ илмий муассасалари ўртасида интеграция жараёнининг бориши:

         Иқтидорли талабалар билан ишлаш бўлими қуйидаги ишлар бўйича ёрдам кўрсатади:

   - иқтидорли талабаларнинг Республика ва халқаро илмий анжуманларда илмий маъруза билан қатнашувида:

   - иқтидорли талабаларнинг илмий ишланмаларини чоп этишда ҳамда уларнинг илмий ишланмаларини амалиётга жорий этишда:

- талабаларга ихтиро ва патентларни хужжатлаштиришда:

- факультетларда илмий анжуман, семинарларни ташкил қилиш ва ўтказишда, йирик олимлар билан учрашувлар ўтказишда:

   - иқтидорли талабалар, таянч докторантлар ва ёш олимларнинг илмий стажировкаларини ташкил қилишда:

III. Бўлим фаолиятини ташкил қилиш

Бўлим ўз фаолиятини институт тегишли буйруғи ва мазкур Низом асосида ташкил этади ва ҳамда олиб боради.

Бўлимнинг фаолият самарадорлигини назорат қилиш – ректор зиммасига, унинг фаолиятига жавобгарлик – илмий ишлар бўйича проректор зиммасига юклатилади. Бўлимга тегишли фаолият юзасидан факультет деканлари ҳамкорлик қилишлари шарт.

Даврий равишда олиб борган фаолияти ҳақида бўлим белгиланган тартибда илмий ишлар бўйича проректорга ҳисобот беради.

Ҳар ўқув йили бошида бўлим иш режаси институт Илмий Кенгаши муҳокамасидан ўтгач, илмий ишлар бўйича проректор томонидан тасдиқланади.

Бўлим самарали фаолият олиб бориши учун ректорат томонидан қуйидаги тегишли шароитлар яратилади; Иш кабинети, кабинет ва иш жихозлари ажратилади; Компьютер мажмуаси ва телефон рақами билан таъминланади.

Бўлим ўз таркибига кирадиган талабалар илмий жамияти фаолиятини йўналтиради ва бошқаради.

Бўлимга иқтидорли талабалар билан ишлашни сифатли ташкил этиш мақсадида ўз фаолиятига тегишли қуйидаги иш қоғозларини юритиш тавсия этилади:

- Низом;

- иш режаси;

- йиллик ҳисоботлар;

- олий таълимга тегишли Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармонлари, Вазирлар Маҳкамаси Қарорлари, Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим, Соғлиқни сақлаш вазирликларининг буйруқлари ва Ҳайъат Қарорлари, ректор буйруқлари;

- факультетлар, кафедралар бўйича иқтидорли талабалар рўйхати;

- иқтидорли талабаларга берилган тавсиялар ва фотосуратлар;

-талабалар илмий анжуманлари, семинарлар, олимпиада, танловлар ўтказилишига оид ҳужжатлар;

Бўлим ўз фаолияти даврида “Ёшлар иттифоқи” жамғармаси ва бошқа маҳаллий ҳамда хорижий жамғармалар билан ҳамкорлик қилади.

IV. Бўлимнинг ташкилий тузилмаси

Институт ректори Иқтидорли талабалар билан ишлаш бўлим бошлиғини илмий даража ва унвонга эга бўлганлар сафидан тайинлайди.

Бўлим бошлиғи институт илмий кенгаши таркибига киради.

Бўлимнинг таркибий тузилмасини бажарадиган иш ҳажмидан келиб чиқиб, институт ректори белгилайди. Бунда бўлимнинг баъзи функциялари жамоатчилик асосида ҳам бажарилиши мумкин.

Бўлим бошлиғи белгиланган тартибда даврий равишда ўз малакасини ошириб боради.

 

Асос: Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2002 йил 30 сентябрдаги 279-сонли буйруғи 1-иловаси

© 2018 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter