Institutda tahsil olayotgan talabalarning stipendiyalari to'g'risida

Institutda tahsil olayotgan talabalar quyidagi tartibda stipendiya bilan ta'minlanib kelinmoqda. Jumladan:

Bakalavr va magistratura talabalari bo'yicha:

1.Qoniqarli baholarda tahsil olayotgan talabalar uchun 0,5 koiffitsent bo'yicha -341960 so'm;

2. Yaxshi baholarda tahsil olayotgan talabalar uchun 0,75 koiffitsent bo'yicha -512940 so'm;

3. A'lo baholarda tahsil olayotgan talabalar uchun 1,0 koiffitsent bo'yicha -683920 so'm;

4.I.A. Karimov va Abu Ali ibn Sino nomidagi stipendiya -1025880 so'm miqdorda stipendiya belgilangan.

Klinik ordinaturada tahsil olayotgan talabalari uchun -1233409 so'm miqdorda stipendiya belgilangan.

Doktaranturada tahsil olayotgan doktarantlar uchun – 3171960 so'm miqdorda , tayanch doktarantlar uchun-2482920 so'm miqdorda stipendiya belgilangan.

 

Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi. 

2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘n bitta) quyidagi ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:
qishloq va suv xo‘jaligi;
texnika va informatika;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;
tabiiy fanlar;

Davomi...

© 2018 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter