Buxoro haqida

Buxoro haqida

Buxoro – Islom madaniyati poytaxti

Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir.  Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi  2500 yildan  oshgan.

Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar

✔️Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik;

✔️Ark qalʼasi;

✔️ Somoniylar maqbarasi;

✔️ Chashmai Ayub maqbarasi;

✔️ Magaki-Attari masjidi.

✔️ Mirzo Ulug‘bek madrasasi,

✔️ Miri-Arab madrasasi,

✔️ Lyabi-Xauz ansambli va boshqalar.

Iqlim 🌡

Bu yerdagi yozni issiq va qurg‘oq deb taʼriflash mumkin, shuning uchun yilning bu faslida Buxoroga sayohat qilganda o‘zingiz bilan soyabon va quyosh nuridan saqlovchi krem olishni unutmang. Buxoroda qish juda yumshoq, ammo iliq narsalarni ham eʼtibordan chetda qoldirmang.

Sovg‘alar va suvenirlar 🛍

Buxoro ko‘chalarida ko‘plab turli xil esdalik do‘konlarini va ustaxonalarini topishingiz mumkin. Baʼzida barcha suvenirlar bir xil bo‘lib tuyuladi, ammo bu shunday emas! Har bir sotuvchida sizni ajablantiradigan narsa bo‘ladi! Buxoro – O‘zbekistonning to‘quv poytaxti! Agar siz zamonaviy va didli, hamda milliy kiyim-kechaklar olishni istasangiz, unda, albatta, Buxoroga tashrif buyurishingiz lozim! Do‘konlarning aksariyati Labi-Hovuz oldida va mashhur Poi Kalon ansambli yonidagi savdo toqlarda joylashgan. Tayyor kiyimlar bilan bir qatorda siz iqat matosini o‘zini ham xarid qilishingiz mumkin. Bunday matoni Armani savdo uyi o‘z kolleksiyasida ham ishlatgan. U arzon emas albatta, lekin o‘z narxiga arziydi. Buxoro gilamlari bilan ham mashhur. Gilamlarning sifati Hindiston, Pokiston va Eronnikidan kam emas va baʼzan ulardan ham yaxshiroq! Ekzotika shinavandalari uchun Buxoro maxsus mahorat bilan yasaladigan cholg‘u asboblari yoki qo‘lda yasalgan pichoqlarni taklif qilishi mumkin.

Oshxona 🍽

O‘zbekistondagi barcha shaharlarining asosiy taomlaridan biri bu palov. Agar siz mamlakatimizning barcha hududlarini aylanib chiqsangiz, bu taomning xilma-xilligi sizni hayratda qoldiradi. Har bir shaharda odamlar sizni mamlakatdagi eng yaxshi palov shu yerda ekanligiga ishontirishadi. Faqatgina hammasini tatib ko‘rgandan so‘ng, sizga qaysi biri yoqishini anglay olasiz. Buxoro oshi “Oshi sofi” deb ham ataladi, pishirish usuli tufayli parhez taom hisoblanadi. U o‘ziga xos tarzda tayyorlaniladi, undagi masalliqlar Andijon yoki Toshkentdan farqli o‘laroq bir-biriga aralashtirilmaydi. Yana bir xususiyati shundaki, u faqat mis qozonda pishiriladi. Buxoro taomlariga halisa yoki qayish kabi taomlar kiradi. O‘zbek oshxonasi haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havolada o‘qishingiz mumkin.

Fotosurat zonalari

Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.

Tarix 🏺

Eng moʻtadil hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ulug‘vor shaharning yoshi 2500 yildan ortiq bo‘lib, uning hududida ko‘plab qadimiy masjidlar, madrasalar va islom avliyolarining maqbaralari mavjud. Qadim zamonlardan beri odamlar barcha musulmon shaharlarga osmondan ilohiy nur tushsa, faqat Buxorodan bu nur yerdan osmonga qarab ko‘tarilishini aytadilar. Shuningdek, Buxoro X asrning mashhur tarixchisi Narshaxiy tomonidan deyarli tarixi to‘liq hujjatlashtirilgan Markaziy Osiyodagi yagona shahar hisoblanadi. O‘z asarlarida u biron bir shaharning Buxoro kabi ko‘p nomlari yo‘qligini ko‘rsatadi. V asrda Xitoyda u Nyumi deb nomlangan, keyinchalik Tan imperiyasining manbalarida u An, Ansi, Buho va Buhe deb nomlangan. Lekin tarixda ko‘pincha Buxoro nomi bilan atalgan. Etimologlarning fikriga ko‘ra, bu nom sug‘diylarning «buharak» so‘zidan kelib chiqqan va “baxtli joy” deb tarjima qilingan.

Hozir Buxoro hududida bir asrdan ko‘proq vaqt oldin qurilgan, turli davrlarga tegishli bo‘lgan 140 dan ortiq yodgorliklar, dahalar va mavzelar saqlanib qolgan. Buxoro nazm va ertaklar shahri deb ham ataladi, chunki butun eski shahar afsonalar va hikoyalar bilan o‘rangan! Aytgancha, shaharning tarixiy qismi 1993 yilda YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.