1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан БухДТИ бир гуруҳ профессор-ўқитувчиларга Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг “Фахрий ёрлиғи” топширилди.

1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан Бухоро давлат тиббиёт институтида ўзининг илмий, илмий-услубий ва ўқув фаолиятига кўра 2020 йилги индикатор махсулотларига қўшган ҳиссаси бўйича биринчи ўнталигидан жой эгаллаган бир гуруҳ профессор-ўқитувчиларга, жумладан: юқумли касалликлар ва эпидемиология кафедраси мудири, т.ф.д., доцент А.Р. Облоқулов; клиник анатомия, клиник анатомия (ОХТА) кафедраси доценти, т.ф.н. Е.А. Харибова; тиббий кимё кафедраси мудири, к.ф.н., доцент – Л.Н. Ниязов; педиатрия кафедраси мудири, т.ф.д., профессор – Ш.И. Наврузова; неврология кафедраси мудири, т.ф.д., профессор – Д.Т. Ходжиева; факультет ва госпитал хирургия, урология кафедраси доценти, т.ф.н. – С.С. Давлатов; 1- сон акушерлик ва гинекология кафедраси доценти, т.ф.д. – Н.Н. Каримовага Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг “Фахрий ёрлиғи” тантанали равишда институт ректори, профессор Ш.Ж. Тешаев томонидан топширилди.

Шухрат Жумаевич профессор-ўқитувчиларнининг келажакдаги илмий, ўқув-услубий фаолиятларига мувоффақиятлар тилади.

                               

  БухДТИ матбуот хизмати

DIQQAT, TANLOV!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 2022 yil uchun quyidagi keltirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD), doktoranturaga (DSc) budjet va o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi:

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1. Ariza;

2.     Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

3.Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4. OTM magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shu jumladan dissertatsiya tadqiqotiga asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar asosida kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis va ularning nusxalari.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar. Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: Ariza;

1.Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

2.Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi  (ishlayotgan talabgorlar uchun);

3.Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD)  yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

4.Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

5.Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda 3 ta maqola va 2 tezis va ularning nusxalari.

Shuningdek, tibbiyotning barcha mutaxassislari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) va (PhD) ham xujjatlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul qilinadi:

Mustaqil izlanuvchilikka (DSc va PhD) talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi lozim:

1. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

2. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

4. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

5. Ish joyidan tavsifnoma.

Manzil: Buxoro shahar, Navoiy shoh ko‘chasi, 1-uy.

Telefonlar: (65) 223-40-21; (91) 311-14-71; (97) 853-22-26.