Ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi tadbiri
25.04.2022 2022-04-25 8:56Ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi tadbiri
2021/2022 o‘quv yili institutning bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi talabalarning ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi 2022 yil 2 aprel kuni Buxoro shahar “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma vakillari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinika vakillari qatnashdilar. Institut bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari tadbirda ish bilan ta’minlandilar va ishga joylashish shartnomalari imzolandi.
2021-2022 o‘quv yilida jami 651 nafar bitiruvchilar institutni bitirish arafasida. 652 nafar bitiruvchilardan 446 nafari bakalavr,68 nafari magistratura, 138 nafari klinik ordinatorlarni tashkil etadi.




Tadbirda mehnat yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi. Buxoro va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarma vakillari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitiruvchi talabalarga e’lon qilindi.



Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma vakillari mehnat yarmarkasida Navoiy viloyatidagi bitiruvchilar bilan ishga joylashish shartnomalarini imzoladilar.
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Xamidova D.O.