BuxDTI matbuot xizmati

XIII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari doirasida qutlug‘ mehmon qabul qilindi

qutlug‘ mehmon qabul qilindi1

XIII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari doirasida qutlug‘ mehmon qabul qilindi

“Abu Ali ibn Sino Buyuk meros va sivilizatsiya” mavzusidagi XIII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Qirg‘izistonning Osh davlat universiteti prorektori Elzar Esharov Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv davomida qadrli mehmonga milliy an’analarimizga xos ravishda o‘zbekona e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi. Suhbat jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar akademik almashinuv, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, yosh olim va tadqiqotchilar uchun qo‘shma grantlar e’lon qilish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan integratsiyani kuchaytirish kabi qator istiqbolli rejalarni belgilab oldilar.

Shuningdek, tibbiyot ta’limi va innovatsiyalar sohasida qo‘shma seminar, mahorat darslari, ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda nufuzli nashrlarda maqolalar chop etish masalalari ham alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida rektor Shuhrat Teshayev ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik kelgusida ham izchil davom ettirilishini ta’kidladi.