Department history

Buxoro davlat tibbiyot institutining 1990 yilda tashkil qilinishi bilan 1991 yilda fevral oyida Dermatovenerologiya kafedrasi Buxoro viloyati Dermatovenerologiya dispanserida tashkil qilingan. Kafedra mudiri etib Erkin Hasanovich Maxmudov tayinlangan. 1995 yildan 2003 yilgacha kafedra mudiri lavozimida А.M.Ishankulov faoliyat koʼrsatgan.

Dermatovenerologiya kafedrasining shakllanishida va dars jarayonini olib borishda birinchi assistentlardan X.O.Аxadov, R.T.Ortiqov, SH.E.Maxmudova, F.А.Аbdullaev, А.N.Qarshiev, I.B.SHukurov, Z.R.Kamolov, O.B.Raxmatov, M.F.Yaxshievalarning mehnatlari beqiyos.

1989-1990 yillarda Buxoro viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi А.B.Yorqulov va Buxoro viloyat partiya qoʼmitasining masʼul xodimi, viloyatdagi ijtimoiy yoʼnalishdagi muammolar bilan shugʼullangan B.R.Muazzamov bilan birgalikda xududlarning shifokorlar bilan taʼminlanish darajasini taxlil qilishganda shifokorlar yetishmovchiligi kuzatilgan. Har tomonlama chuqur taxlillar qilingandan soʼng viloyat partiya qoʼmitasi birinchi sekretari D.S.Yodgorov nomidan Buxoroda tibbiyot instituti ochilishi xususida SSSR hukumatiga taklif tayyorlandi va shu tariqa Buxoro davlat tibbiyot institutining dermato-venerologiya kafedrasi tashkil etildi.

2004-yildan Oliy va urta maxsus taʼlim vazirligida soatlar kiskariSHi evaziga kafedra kursga aylantirildi. yukumli kasalliklar, ftiziatriya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi nomi bilan 2018-yilgacha faoliyat kursatdi. Shu davr mobaynida kafedra mudiri professor Аbdurashid Raximovich Oblokulov faoliyat kursatdi. 2018-2019 ukuv yilidan boshlab Ftiziatriya kursi bilan birlaSHib, “Ftiziatriya, pulmonologiya va dermatovenerologiya” kafedrasiga aylantirildi.


2020-2021 oʼquv yilidan boshlab, “Ftiziatriya, pulmonologiya va dermatovenerologiya” kafedrasini t.f.d., dotsent I.H.Usmonov boshqardi.

Bugungi kunda I.H.Usmonov Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika va oliy toifali hamshiralar tayyorlaSH fakulьteti dekani sifatida faoliyat koʼrsatmoqda.


Kafedra xodimlari Respublika Ftiziatriya va Pulmonologiya ilmiy-amaliy markazi va respublikamizning tibbiyot institutlari xodimlari bilan birgalikda doimiy ravishda ilmiy-amaliy tajribalarini almashtirib kelmoqdalar.

2016-yildan boshlab kafedraga magistratura yunalishi ochildi. Xozirgi kunda 4 nafar magistr, 8 nafar klinik ordinator faoliyat kursatmokda.

Oʼtgan davr mobaynida Dermatovenerologiya kafedrasida 10000 dan ziyod talabalar tahsil olib, shular bilan birga 200 dan ortiq mutaxassislar klinik ordinatura va internaturada tahsil oldi. Ushbu shifokorlar Buxoro viloyatidan tashqari Respublikamizning barcha hududlarida va xorijda faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar.

Kafedrada faoliyat koʼrsatayotgan professor-oʼqituvchilar: t.f.n., dotsent O.B. Raxmatov, t.f.n. I.B. SHukurov, M.F. Yaxshieva, I.I.Latipov, F.А.Maxmudov, M.K.Rustamov, J.H.Ozodov, M.F.Xushvaqtova lardir.

Kafedra assistentlari nafaqat ilmiy va oʼquv jarayonlari, balki davolash ishlarini ham bajarib kelmoqdalar. Аssistentlar maslahatchi sifatida markaz boʼlimlariga biriktirilgan boʼlib, ular bemorlarga tashxis qoʼyish va davolash masalalarida, jarrohlik amaliyotlari oʼtkazishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedrada teri va tanosil kasalliklari, kosmetologiya muammolari, epidemiologiYAsi, patogenezi, tashxis va klinik kechishi, hamda davolashlarda yangicha uslublarni ishlab chiqiSH, zamonaviy-ilmiy takliflarni tayyorlash asosiy ilmiy yoʼnalishlardan boʼlib kelmoqda. Ushbu muammolarni yechishda doimiy ilmiy izlanishlar olib borilgan, yetmishdan ortiq mavzuga oid ilmiy maqolalar, yuzlab tezislar chop etilgan va ixtirolarga berilgan patentlar mavjud. Dermatovenerologiya kafedrasi assistentlari nafakat ilmiy va ukuv jarayonlari , balki davolash va amaliy ishlarni xam bajarib kelmoqdalar. Kafedra assistentlari maslaxatchi sifatida markaz bo’limlariga biriktirilgan bo’lib, ular bemorlarni tashxislash va davolash masalalarida, jarroxlik amaliyotlari utkaziSHda faol ishtirok etib kelmokdalar. Bulardan tashqari viloyatimizdagi tuman va shaxarlarga tibbiy va amaliy yordam ko’rsatish maqsadida xar xil mavzularga doir maʼruzalar, monitoringlar va master klasslar tashkil etmoqdalar. Kovid 19 pandemiyasi sharoitida kafedra xodimlari qizil xududlarda faol davolash ishlari bilan birga amaliyotdagi vrachlarga maxsus o’quv kurslari tashkil qilib, amaliy-pedagogik yordam berib kelmoqdalar. Kafedra o’zining ilmiy-amaliy pedagogik faoliyati bilan xalqimizning salomatligigini mustaxkamlashda, malakali shifokorlar tayyorlashda, Vatanimizning ravnaqiga salmoqli xissasini kushishda bor kuch va g’ayratlarini ayamay mexnat qilishmoqda. 2021-yil avgust oyida Buxoro davlat tibbiyot institutmda Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi kafedrasi qayta tashkil kilindi.

Yil davomida studentlar bilan Prezident asarlarini o’rganish borasida maxsus kurslar tashkil qilinib, asarlar o’rganildi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarini o’rganish borasida muntazzam ish olib borildi, jumladan Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari tog’risidagi qaror barcha xodimlar o’rtasida keng yoritildi va o’rganildi.