Kafedra ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedra ilmiy tadqiqot ishlari

Hozirgi kunda kafedrada 7 ta PhD,  3 ta dotsent, 4 ta tayanch doktorant, 6 ta mustaqil tadqiqotchi, 18 ta assistent faoliyat ko‘rsatib, ular yosh barkamol avlodga bilim berishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada B.K.Badriddinova “Оценка факторов риска развития терминальной почечной недостаточности при сахарном диабете 2 типа”,  Sh.M. Axmedova “Ayrisimon bez (timus) morfometrik parametrilarining bosh miya jaroxatining turli bosqichlar ta’sirida qiyosiy tasnifi”, G.I. Axmedova “Распространенность, факторы риска и организации профилактики артериальной гипертензии протекающий в рамках метаболического синдрома” , K.Sh.Djumayev “Keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o’sish ko’rsatkichlarining hayot tarsi bilan bog’liq holdagi qiyosiy xususiyatlari”, Sh.N. Nurulloyeva “Giperglikemiyaning turli darajalarida semizlik profilaktikasi va tana vaznining holati”, ilmiy mavzulari  asosid ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra  xodimlari  tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar respublika va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan bo`lib, shulardan 80 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda. Kafedrada 25 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta elektron darslik, 10 ta monografiya, 70 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, 7 ta EHM dasturga guvohnoma, 7 ta uslubiy tavsiyanoma o‘zbek- rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Kafedra xodimlari o’z kasbiy faoliyatlari davomida bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ichki kasalliklar va Endokrinologiya kafedrasi tashkil topgandan buyon ko’plab grant loyihalar va dasturlarda ishtirok etib, chet el mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib kelishmoqda. Jumladan , 2001 2002 yillarda kafedra malakali o’qituvchilari   t.f.n. dots Badritdinova  M.N. , t.f.n. Jo’rayeva H.I. , t.f.n. Saidova L.B. , Soliyev A.O’. va boshqalar “ Salomatlik “ loyihasi doirasida Buyuk Britaniya (London) va Estoniya davlatlarida malaka oshrib kelishgan. 2010 yilda 16- 17 sentabrda kafedra trenerlari Respublikaning yubiley “ O’tgan o’n yil davomida O’zbekistonda birlamchi SS rivojlantirish “ konferensiyasida ishtirok etdilar.

2014-2017 yillarda Tempus loyihasi doirasida Uzhealth loyihasida kafedra ishtirok etdi. Loyiha doirasida  Jarilkasinova G.J., Tairov M.Sh., Soliyev A.O’. ,Karomatov I.J., Ro’ziyev O.A. , Mavlonov N.H., Italiyaning Piza universiteti, Slovakiyaning Nitra universitetida malaka oshirib qaytishdi, 1 nafar bakalavr talaba Belgiyada , 2 nafar magistr  talaba Slovakiya, Italiya, Belgiya, Portugaliyada 3 oylik o’quv kurslarini o’tab qaytishdi. Ushbu loyiha doirasida institutga 7000 yevrolik asbob uskunalar olindi. 2017 yil noyabr oyida Erasmus+professor o’qituvchilar mobilligi granti yutib olinib Toirov M.SH. , Teshayev Sh.J., Olimov S.SH lar Slovakiya Koshnisa universitetida malaka oshirib keldilar. 2017 2020 yillar Erasmus+loyihasining IHOD loyihasi granti yutib olinib, bu loyiha asosida kafedra uchun 5000 yevrolik asbob uskuna olindi va kafedra xodimlari Italiya , Ispaniya, Irlandiya davlatlarida malaka oshirib kelishdi. Bundan tashqari 6 nafar magistrlar Litva Italiya va Irlandiya universitetlarida tahsil olib kelishdi. 2018 yilda Italiyaning Paviya, Irlandiyaning Dublin, Litvaning Kaunas 2019 yilda Ispaniyaning Valensiya universitetlarida bo’lib malaka oshirib qaytishdi. Badritdinova M.N. va Saidova L.B. Moskvada 2019 yil 16-17 dekabrda bo’lib o’tgan “Здоровье и образование в XXI веке” nomli anjumanda ma’ruza bilan qatnashib qaytdilar.

2019 yilda  Erasmus+loyihasi doirasida professor o’qituvchilar mobilligi yutib olinib, Tairov M.Sh. , Ro’ziyev O.A., Slovakiyaning Koshitsa universitetida malaka oshirib kelishdi.

2020 yil sentabr oyida Soliyev A.O’. fidokorona mehnatlari tufayli Mehr saxovat ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o’qituvchi o’z pedagogik va davolash ishlarini faxr va mamnuniyat bilan yuritib kelmoqda.

   Kafedra ilmiy mavzusi asosida ilmiy to`garaklar faoliyat olib bormoqda. Unda iqtidorli talabalar jalb qilingan bo`lib, 2018- 2019 yillarda t.f.n., dotsent Badritdinova Matluba Najmiddinovna va Jo’rayeva Hafiza Iskandarovna rahbarliklarida tayyorlangan, 2-kurs magistratura talabalari Badriddinova Barno, Negmatullayeva Muhabbat, Majidova Mehriban, Kadirov Behruz,  Samarqand Davlat Tibbiyot institrutida o’tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanida yuqori natijalarga erishishdi. 2021-yilda davolash fakulteti 607-guruh talabasi Salimbayeva Nigina respublika fan  olimpiasida “Terapiya” yo`nalishida faxriy 2-o`rin g`olibi deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2018- yil 14 dekabrdagi 10-5/4345-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedra mudiri, t.f.n. M.N. Badritdinova boshchiligida  28 noyabr – 1 dekabr kunlari “Patronaj oyligining” yalpi tibbiy xatlov bosqichini birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga biriktirilgan xonadonlar uchastkalar kesimida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari bilan birga maqsadli patronajga muhtoj kontingent, murakkab, og‘ir va “noaniq tashhisli” bemorlar aniqlandi va patronajning ikkinchi bosqichiga topshirildi.

Buxoro shahrining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Ichki  kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri t.f.n. M.N.Badritdinova  Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish borasida  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi ishtiroki, ko‘p yillik fidokorona mehnati va jamoat ishlaridagi faolligi uchun Buxoro viloyati hokimi O‘. Barnoev  tomonidan diplom bilan taqdirlandi.