Ilmiy laboratoriya

Ilmiy laboratoriya

Saidov Farrux Abdurasulovich

Bo'lim boshlig'i

Bo'lim xodimlari

Axmedova Nilufar Sharipovna
T.f.d, dotsent , maslahatchi

Laboratoriya haqida

Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy laboratoriyasi 2020 yilda institut bazasida tashkil etildi. Laboratoriyaning tashkil etilish tarixi o‘ziga xos ahamiyatga ega. 2019 yildan boshlab  insoniyat boshidan kechirgan COVID-19 pandemiyasi davrida butun dunyoda, jumladan  bizning mamlakatimizda ham ushbu infeksiyani erta aniqlash, tarqalishini oldini olish borasida keskin chora tadbirlar amalga oshirildi.  SARS-Cov-2 virusini aniqlashda turli diagnostikumlar yaratildi. Buxoro viloyatida COVID-19 shtabida ushbu yangi infeksiyaga qarshi kurash olib borishda Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham faoli ishtirok etib rektorimiz (sobiq)  A.Sh. Inoyatov tashabbuslari bilan ushbu laboratoriyaga asos solindi va dastlabki faoliyatimizda koronavirus tashxisoti va uning asoratlari oldini olishga qaratilgan edi.

Pandemiya davri tugagach rektorimiz Sh.J. Teshaev tashabbuslari bilan laboratoriya Ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib borib, ilmiy tadqiqotchilarning klinik va ekspremental tadqiqotlari bajarila boshladi. Laboratoriya tarkibida umumklinik tekshirishlar, biokimyoviy tahlillar, IFA, molekulyar genetik  (PZR) va immunogistokimyoviy tekshirishlar amalga oshiriladi.

Shuningdek laboratoriyada o‘z-o‘zini qo‘llab quvvatlash maqsadida aholiga pullik laboratoriya xizmati ko‘rsatish bo‘limi tashkil etildi.

Bugungi kunda laboratoriyada 70 ga yaqin laborator tahlil turlari bajariladi.