Magistrlik dissertatsiyalari mavzusini tasdiqlash
19.04.2022 2022-04-19 13:47Magistrlik dissertatsiyalari mavzusini tasdiqlash
Buxoro Davlat Tibbiyot institutida 22-28 dekabr kunlari davolash, tibbiy-pedagogika, pediatriya , tibbiy-profilaktika va stomatologiya fakultetlari Kengashlari bo‘lib o‘tdi. Kengashlar yig‘ilishida 1-kurs magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyasi uchun rejalashtirgan mavzulari muhokama qilindi va tasdiqlandi. Magistratura rezidentlari ilmiy rahbarlar ishtirokida Kengash a’zolarini ilmiy ishlari mavzusiga oid taqdimot ma’ruzalari bilan tanishtirdilar. Kengashda ilmiy ishlarning mavzulari, qo‘yilgan maqsad va vazifalari, ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyatiga oid masalalar qizg‘in muhokama qilindi. Magistratura talabalariga material hajmi, o‘rganiladigan ob’ekt va tekshirish uslublariga doir maslahatlar berildi.






