• +998 65 223 00 50
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1. Umumiy qoidalar 

1.1. Buxoro davlat tibbiyot instituti yosh olimlar jamiyati Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI) qoshidagi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial maslahat organi bo‘lib, yosh olimlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ijodiy va ilmiy salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, tashkiliy ilmiy va texnik muammolarni hal qilishning yangi yo‘llarini izlash, shuningdek ilmiy yoshlarning kasb sohasidagi manfaatlarini ifoda etish va muhim sog’liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan.

1.2. Yosh olimlar jamiyati  faoliyati davlat byudjeti, tanlov asosida yutib olingan davlat va halqaro grantlar hamda belgilangan tartibda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.

1.3. Yosh olimlar jamiyati o’zining huquqiy maqomi bo’yisha nodavlat notijorat tashkilot bo’lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat Notijorat” tashkilotlari to’g’risidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, BuxDTI rektorining buyruqlari, mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiradi.

1.4. Yosh olimlar jamiyatining to‘liq nomlari:

rustilida: Союз молодых ученых Бухарского государственного медицинского института;

– o‘zbek tilida: Buxoro davlat tibbiyot instituti yosh olimlar jamiyati

– ingliz tilida: Young Scientists’ Association of Bukhara State Medical Institute

1.5. Manzili: Buxoro Sh. A.Navoiy k. 1-uy

1.6. Mazkur nizom maqsadlari uchun, yosh olimlar deganda 40 yoshdan katta bo’lmagan doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, mustaqil izlanuvchilar va mutaxassislar tushuniladi.

2. Yosh olimlar jamiyati faoliyatining predmet, maqsad va vazifalari

2.1. Yosh olimlar jamiyati faoliyatining predmeti BuxDTI yosh olimlarining ijodiy ilmiy faolligining rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek yosh olimlarning manfaatlarini, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni tashkillashtirish masalalarini hal etishdan iborat.

2.2. Yosh olimlar jamiyati faoliyatining asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

– BDTI yosh olimlarining kasbiy rivojlanishini faollashtirish, dolzarb ilmiy muammolarni ishlab chiqishda va istiqbolli ilmiy maqsadlarni hal etishda ularning faoliyatlarini birlashtirish, yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish;

– ilmiy kadrlarni tayyorlashda, tibbiyot rivojlanishida, ilmiy maktablarning vorisligini ta’minlashda ko‘maklashish;

–BDTI yosh olimlari va mutaxassislarining yashash darajasini oshirishda ko‘maklashish;

- muhim sog’liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;

- Jamoat sog’lig’ini saqlash va sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishda yosh olimlar faolligini oshirish.

2.3. Ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun, Yosh olimlar jamiyati quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

– BDTI yosh olimlarining ilmiy tashabbuslarini ruyobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish;

–– ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va chop etish faoliyatini amalga oshirish (Internet saytlar, jurnallar, to‘plamlar);

– yosh olimlarning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashish;

– yosh olimlarning xalqaro ilmiy va ijtimoiy forumlarini, konferensiyalarni, seminarlarni va boshqa anjumanlarni tashkil qilish va olib borish;

– yosh olimlar tomonidan ilg‘or, milliy va halqaro tajriba, yutuqlarni qo‘llash uchun, ilmiy adabiyotlarni chuqur o‘rganish uchun sharoitlar yaratish;

– oliy ta’lim muassalarining ilmiy jamoalari aloqalarini tashkil qilish, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

– milliy va xorijiy fanlarning mashxur olimlari, arboblari bilan uchrashuvlarni tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashish;

– yosh olimlar olimpiadalarini o‘tkazish, davlat stipendiyalari va mukofotlari olishda ko’maklashish;

3. BDTI Yosh olimlar jamiyatida a’zolik

3.1. BDTI Yosh olimlar jamiyatining a’zosi bulib 40 yoshdan kata bo’lmagan doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, mustaqil ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar bo‘lishi mumkin.

3.2. Yosh olimlar jamiyatida a’zolik ixtiyoriydir.

3.3. BDTI Yosh olimlar jamiyatiga a’zo bo‘lish Jamiyat raisi nomiga shaxsiy ariza asosida «A’zolik to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga binoan amalga oshiriladi.

3.4. Yosh olimlar jamiyatiga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:

  • O’z ixtiyoriga ko’ra a’zolikdan chiqish to‘g‘risida yosh olimlar jamiyati raisi nomiga bergan arizasiga muvofiq;
  • BDTI o’qituvchisi yoki mutaxasisi, doktorant, tadqiqotchi, mustaqil ilmiy izlanuvchi maqomi tugatilishi munosabati bilan;
  • Yosh olimlar jamiyati a’zosi 40 yoshga to’lishi munosabati bilan.

4. Yosh olimlar jamiyatining tashkiliy tizimi

4.1. BDTI Yosh olimlar jamiyatining tashkiliy tizimi uning Markaziy apparati, Yig‘ilish va Umumiy majlisdan iborat.

4.2. Markaziy apparat Yosh olimlar jamiyatining faoliyati bilan bog’lik masalalarni hal qilish uchun shakllantiriladi. Markaziy apparati tarkibiga Rais, Raisning 2 nafar urinbosari, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi, doktorantlar bilan ishlash bolimi, innovatsion loyihalar bilan ishlash bo’limi, grantlar bilan ishlash bo’limi, talabalar ilmiy jamiyati, magistrlar bilan ishlash bo’limi, mustaqil ilmiy izlanuvchilar bilan ishlash bo’limi vakillari va kotib kiradi.

4.3. Yig‘ilish tarkibiga Markaziy apparati a’zolari va Jamiyat Raisi o‘rinbosarlari kiradi.

4.4. Umumiy majlis tarkibiga Yig‘ilish a’zolari va Yosh olimlar jamiyati bo‘limlari vakillari kiradi.

5. Yosh olimlar jamiyati markaziy apparati

5.1 Yosh olimlar jamiyati raisi va o‘rinbosarlari birgalikda Yosh olimlar jamiyati faoliyatiga rahbarlik qiladi.

5.2. Yosh olimlar jamiyati Raisi bir vaqtning o‘zida jamiyat hamda Markaziy apparatning raisi hisoblanadi.

5.3. Rais, uning o‘rinbosarlari va bo’limlar vakillari BDTI rektori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

5.4. Yosh olimlar jamiyatining faoliyatini ta’minlash uchun Markaziy apparat:

  • Yig‘ilish muhokamasiga ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlaydi va taqdim qiladi;
  • Axborot tahliliy va ekspert ishlarini amalga oshirish uchun yosh olimlarni jalb qilish bilan bog’liq tashkiliy va boshqa masalalarni hal qiladi;
  • BDTI kengashiga Yosh olimlar jamiyatining faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi.

5.5. Markaziy apparatning qarorlari Yosh olimlar jamiyati Raisi va kotib imzolari bilan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

6. BDTI Yosh olimlar jamiyatining Yig‘ilishi

6.1.         Yig‘ilish Yosh olimlar jamiyatining vakolat doirasiga kiruvchi barcha masalalarni hal qiluvchi oliy organ hisoblanadi.

6.2. Yig‘ilish, a’zolarining navbatdagi va navbatdan tashqari majlislari shaklida faoliyat kursatadi.

6.3. Yig‘ilish Markaziy apparat tomonidan Yosh olimlar jamiyatining faoliyat asosiy maqsadi va masalalarini hal qilish uchun har oyda kamida bir marotaba chaqiriladi.

6.4. Mas’ul kotib Yig‘ilishning ish yuritishini tashkil kiladi, Yig‘ilish Raisi bilan kelishgan holda, Yig‘ilish a’zolarini Yig‘ilishning navbatdagi majlislari haqida xabardor kiladi.

6.5. Yig‘ilish:

  • Markaziy apparat taqdimiga binoan Yosh olimlar jamiyatining nizomini qabul kiladi;
  • Markaziy apparat taqdimiga binoan, Yosh olimlar jamiyati bulimlarini tashkil qilish, kayta tashkil qilish va tugatish to‘g‘risida Qaror qabul kiladi;
  • Yosh olimlar jamiyatining asosiy faoliyat yunalishlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
  • kelgusi moliya yiliga budjetdan mablag ajratilish rejasini shaklllantirish yunalish va ustunliklarini belgilaydi;
  • Yosh olimlar jamiyati bulimlari va uning ayrim a’zolarining ma’ruzalarini tinglaydi va muxokama kiladi;
  • Yosh olimlar jamiyatining ilmiy va ilmiy tashkiliy muammolarini muxokama kiladi;
  • zarur hollarda, Yosh olimlar jamiyati faoliyatiga doir boshqa masalalarni ham hal qilishga vakolatli;

6.6. Yig‘ilishning navbatdan tashqari majlisi Markaziy apparat a’zolarining uchdan bir kismining va bulimlarning vakillari taklifiga kura, ular tomonidan taklif kilingan kun tartibidagi masalalarni hal qilish uchun chakirilishi mumkin.

6.7. Yig‘ilish majlisida Markaziy apparat tomonidan taklif kilingan shaxslar ishtirok etishi va kun tartibidagi masala yuzasidan chiqish qilishi mumkin.

6.8. Yig‘ilish majlisida uning a’zolari ruyxat tarkibining uchdan ikki kismi ishtirok etgan taqdirda majlis vakolatli, uning Qarori qabul kilingan xisoblanadi. Qaror ishtirokchilarning uchdan ikki kismi ovoz bergan taqdirda, qabul kilingan xisoblanadi.

6.9. Yig‘ilish ovoz berish jarayonida, sogligi tufayli yoki xorij xizmat safarida bo‘lishi munosabati bilan ishtirok etmagan a’zolarni xisobga olmaslikka xakli.

6.10. Yig‘ilishning navbatdagi majlisida quyidagi masalalarni hal qilishi shart:

  • Rais tomonidan taqdim kilingan Yosh olimlar jamiyatining faoliyati bo‘yicha yillik xisobotni tasdiklash;
  • Rais tomonidan taqdim kilingan Yosh olimlar jamiyatining kelgusi yilgi ish rejasini tasdiklash;

6.11. Yig‘ilishning navbatdagi majlisi Yosh olimlar jamiyatining vakolati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha ham qarorlar qabul qilishi mumkin.

6.12. Ommaga oshkor kilinmaslikni talab kiladigan masalalar, Kengashning yopik majlisida hal qilinadi.

7. Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashi bilan o‘zaro munosabat

7.1. Yilning oxirida Yosh olimlar jamiyati BDTI ilmiy kengashiga o‘z faoliyati haqida xisobot beradi va keyingi yilning ish rejasini tasdiklaydi.

7.2. Ish rejasi va xisobot Yosh olimlar jamiyati tomonidan tasdiklanadi.

7.3. Yosh olimlar jamiyati BDTI rektoratiga ilmiy konferensiyalar va seminarlar utkazish haqida, boshqa ilmiy jamiyatlar va tashkilotlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yulga kuyishi haqida xabar beradi.

8. Yakuniy qoidalar

8.1. Yosh olimlar jamiyati amaldagi konunchilik doirasida tashki iktisodiy faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek, milliy va chet el valyutasida bank xisob rakamlarini ochishi mumkin.

8.2. Mazkur nizom Yosh olimlar jamiyati tomonidan ko‘rib chiqiladi va Yosh olimlar jamiyati Raisi tomonidan tasdiklanadi.


 
Contact Info
  • Address: A. Navoiy shoh ko'chasi N1 uy, Buxoro shahri, 200118, O'zbekiston.
  • Telefon0 (365) 223 00 50
  • Fax:0 (365) 223 00 50

© 2020 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter