ICHKI NAZORAT VA MONITORING BO’LIMI
- Hits: 468
Raxmatov Olim Bobomurodovich
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsen
Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil
kasalliklari kafedrasi dotsenti
Telefon: 8 (365) 223-39-58
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
ICHKI NAZORAT VA MONITORING BO’LIMI HAQIDA
Buxoro davlat tibbiyot instituti “Ichki nazorat va monitoring” bo’limi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv jarayonida meyoriy hujjatlar va uslubiy ko’rsatmalarning ijro etilishi, shuningdek institut bo’yicha buyruqlar va qarorlarning o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. “Ichki nazorat va monitoring” bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2001 yil 29 avgust 207 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim ichki inspektsiya va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi”ni amalga oshirish to’g’risidagi Nizom, TATU instituti Ustavi va bo’lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo’lim institutda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi. Bo’lim institutda o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlarini, vazirlik, qo’mita va BuxDTI buyruqlarini hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va moritoring bo’limi o’z faoliyatida bevosita Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga bo’ysunadi.
ICHKI NAZORAT VA MONITORING BO’LIMINING ASOSIY VAZIFALARI.
- Buxoro davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlari, shuningdek institut ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilishi monitoringini olib borish;
- Institut professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspektsiyasini tashkil qilish va o’tkazish;
- Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
- Institutda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo’yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
- Institut boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
- Institut bo’yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
- Institutda o’quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
- Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini amalga oshirishda ishtirok etish;
- Kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish va hal qilish bo’yicha aniq faktlarni institut rahbariyatiga taqdim etish;
- Institut fakultetlari va kafedralarida hamda bo’lmlarida ta’lim standartlari va ta’limga oid me’yoriy hujjatlariga amal qilinishini tekshirish;
- Institut ilmiy kengash va boshqaruv yig’ilishlarida, fakultet va kafedralar yig’ilishlarida ishtirok etish;
- Institut faoliyati bo’yicha fakultetlar, kafedralar va bo’limlaridan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
- Kurs loyihasi (ishlari), bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyani himoya qilish, davlat attestattsiyalarining o’tkazilishini va barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish;
- O’z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda institutning malakaviy professor-o’qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.