• +998 65 223 00 50
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ismoilov Ibodjon Imomjonovich
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmasi boshlig‘i
Tel: (91) 400-31-41

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takkomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son qaroriga asosan hamda Adliya vaziri o‘rinbosari – rektorning 2018 yil 13-avgustdagi 08-406-son buyrug‘iga asosan Buxoro davlat tibbiyot institutida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tashkil etildi.

Tijoratlashtirish bo‘linmasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruvi organlari me’yoriy-huquqiy hujjatlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi xalqaro bitimlar, Toshkent moliya instituti Ustavi, rektor buyruqlari va farmoyishlari, Toshkent moliya institutining ichki tartib-qoidalari, Toshkent moliya institutining Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma to‘g‘risida”gi Nizomi va institutning boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

Tijoratlashtirish bo‘linmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

• - tizimli ravishda bozorni tahlil qilish va innovatsion mahsulotlarga (loyihalar, ishlar, xizmatlar) bo‘lgan talab, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilish, muammolarni o‘rganish.

• - yuqori tijorat salohiyatiga ega va realizatsiya qilish uchun tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni tanlab olish;

• - innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;

• - yangi texnologiyalar va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishni joriy qilish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.

Tijoratlashtirish bo‘linmasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

• - belgilangan tartibda institutning professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ishlab chiqarish xodimlari, doktorant va talabalarni hamda oliy o‘quv yurtlari tomonidan buyurtmachilarga byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi ilmiy tadqiqot ishlarini bajaruvchi tashkilotlarning mutaxassislarini jalb qilish;

• - institutning intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy jihatdan qo‘riqlash ishlarini bajarish, shu jumladan xorij va O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulklarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berish ishlarini amalga oshirish;

• - intellektual mulk mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shartnomalarni tayyorlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

• - boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda institutning intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqni berishni o‘rganadi, institutning intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqini berishga oid rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;

• - intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish samaradorligi va monitoringi, ilmiy-tadqiqot natijalari va oliy o‘quv yurtlari ishlanmalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish va saqlash ishlarini amalga oshiradi;

• - ilmiy-tadqiqot faoliyati va innovatsion loyihalar natijalarining ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy va innovatsion salohiyatini baholash, tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazishda o‘ta muhim va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlashni tashkil etadi;

• - intellektual mulkni boshqarish, qayd qilish, taqsimlash va innovatsion jarayonlarning barcha bosqichlarida ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarining huquqini berish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni amalga oshiradi;

• - institut ilmiy jamoasini raqobatbardosh ilmiy-texnikaviy mahsulot ishlab chiqarishi va uning harakati, shu jumladan intellektual faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etish maqsadida xo‘jalik ob’ektlarini ta’sis etish orqali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi;

• - texnologiyalar transferi, innovatsion loyihalarning biznes rejalarini tayyorlash, raqobatbardosh ustuvor jihatlar va riskni baholash, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarining huquqiy himoyasini ta’minlash, salohiyatli investorlarni izlash bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi;

• - institut tomonidan tuziladigan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik, hamkorlik faoliyati, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va intellektual mulk masalalariga oid boshqa shartnomalarni tayyorlaydi hamda shartnomalar bajarilishini nazorat qiladi;

• - institutning intellektual mulk ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarini aniqlaydi va rahbariyatga qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish va keltirilgan zararni qoplash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish taklifini beradi, shuningdek ushbu qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etishga oid zarur choralarni ko‘radi;

• - institutning intellektual mulk ob’ektlari huquqini himoya qilish hamda mualliflarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishda ishtirok etadi;

• - institutning ishchilariga - intellektual mulk ob’ektlari egalariga ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirishda, shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq, huquq va imtiyozlar bo‘yicha maslahat, huquqiy va axborot yordamini beradi;

• - institutning xodimlari o‘rtasida intellektual mulk sohasida o‘qitishni tashkil etadi;

• - institut axborot resurs bazasining normativ, uslubiy va patent ma’lumoti ishlarining o‘z sohasining ixtisoslashuviga ko‘ra faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;

• - institutning ixtirochilik va patent-litsenziya faoliyati yuzasidan innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha byudjet loyihasiga kiritish taklifini tayyorlaydi;

• - institutning intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, qo‘riqlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan reglament masalalariga oid hujjatlarni ishlab chiqadi.

 


 
Contact Info
  • Address: A. Navoiy shoh ko'chasi N1 uy, Buxoro shahri, 200118, O'zbekiston.
  • Telefon0 (365) 223 00 50
  • Fax:0 (365) 223 00 50

© 2020 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter