Reja va moliya bo’limi
- Hits: 532
Kenjayev Azizbek Avazxonovich
Bo’limiboshlig’i
Tug‘ilgan yili: 13.03.1987- yil
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Vobkent tumani
Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: Iqtisodchi
Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Telefon:(0365) 223-06-65, +998 90 744-13-20
Faks: (0365) 223-00-50
Qabul kunlari:har kuni
Shukurova Feruza Kamolovna
Iqtisodchi
Tug‘ilgan yili: 20.05.1989- yil
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro shahar
Mutaxassisligi:buxgalter-iqtisodchi
Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili
Telefon: 0 365 223-06-65 +998 90 511-15-18
Faks: 0 (365) 223-00-50
Qabulkunlari: har kuni
Reja-moliya bo’limi haqida:
Buxoro davlat tibbiyot institutining Reja va moliya bo‘limi institutning mustaqil bo’limi hisoblanadi va institut rektoriga bevosita bo’ysunadi, ishlarni tashkil qilish uslubi hamda joriy va istiqbolli rejalashtirish masalalarida esa O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Bosh iqtisodiy boshqarma ko’rsatmalariga amal qiladi.Reja va moliya bo’limi boshlig’i - belgilangan tartibda barcha shtat jadvali masalalari bo’yicha institutning vakili hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligining modemogrammalari va ko’rsatmalarini bajarish, bo’limning vazifalar doirasiga kiruvchi masalalari bo’yicha institutning barcha bo’limlar faoliyatini, shuningdek xo’jalik hisobidagi tashkilot ishini nazorat qiladi.
Reja va moliya bo’limi iqtisodchisi – institut hisob raqamiga vazirlikdan kelib tushgan mablag’larining foydalanishlarini hisobga olish va nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining farmonlari, ish haqi, stipendiyalar va pensiyalarning foizlarining o’zgarishini o’z vaqtida amalga oshirish, Sog’liqni saqlash vazirligiga hamda Davlat statistikasiga hisobotlarini o’z vaqtida taqdim etadi.
Reja-moliya bo’limining asosiy vazifalari:
-OTMda shifokor mutaxassislar tayyorlashni istiqbolli va joriy rejalashtirishda qatnashish;
-Institut faoliyatini rejalashtirish va uni mablag’ bilan ta’minlashni tashkil etish;
-Institut faoliyatining barcha turlariga doir istiqbolli va yillik reja loyihalarini tuzish;
-Institutning hisob-kitob bo’limi va boshqa bo’limlari bilan hamkorlikda institutni ta’minlashga ajratilgan mehnat va pul mablag’laridan to’g’ri va samarali foydalanishga erishish;
-Institut xodimlariga haq to’lash va ularni rag’batlantirishni takomillashtirishga doir tadbirlar ishlab chiqish:
-Institutga tegishli bo’limlar, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarni qabul qilish va ular miqdori hamda bitiruvchilar soni to’g’risidagi istiqbolli va joriy rejalarga oid takliflarni umumlashtirish;
-Institut tomonidan tasdiqlangan xarajatlar uchun ajratmalar va mehnat bo’yicha, bo’limlar bo’yicha limitlarni tasdiqlash, institutning ilmiy ishlariga sarflanadigan xarajatlar va mehnat bo’yicha rejalarni ishlab chiqish yuzasidan takliflarni tayyorlash;
-Barcha shartnomaviy xizmat turlari uchun tan narx hisobi va baholar kal’kulyatsiyasini hisoblab chiqish;
-Professor-o’qituvchilar va o’quv yordamchi xodimlar tarkibini aniqlash uchun kafedralarning dars taqsimotiga doir hisob-kitoblarni tayyorlash;
-Institutning ma’muriy – xo’jalik bo’limlari uchun ish o’rinlar jadvali loyihalarini ishlab chiqish;
-Byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashga doir xarajatlar smetasini bajariladigan ishlar asosida ishlab chiqish;
-O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga, statistika idoralariga mehnat rejasining bajarilishi to’g’risidagi choraklik hamda yillik hisobotlarni, boshqaruv xodimlarining soni, barcha xodimlarning egallangan lavozimlarga ko’ra taqsimlanishi to’g’risidagi yillik hisobotlarni hamda mablag’ bilan ta’minlash, mehnat haq to’lash masalalariga doir hisobotlarni tuzish va taqdim etish;
-Institut barcha bo’limlarining buxgalterlik va statistik hisobot ma’lumotlariga, shuningdek, bevosita joylarda o’tkaziladigan tashrif orqali moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlil etish;
-Mehnat va pul mablag’lari bo’yicha ajratilgan limitlardan samarali foydalanish bilan bog’liq taklif va tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
-Institut faoliyati bilan bog’liq masalalarga doir ko’rsatma hujjatlarni hisobga olish va tartibga solish, ularni institutning tegishli rahbarlari bilan birgalikda o’rganilishini tashkil etish.