• +998 65 223 00 50
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Buxoro davlat tibbiyot instituti

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

 

 

 

 

Teshaev Shuxrat Jumaevich

Bo’limi boshlig’i, tibbiyot fanlari doktori, professor

Tug‘ilgan yili: 19.08.1970- yil

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro tumani

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:Vrach-epidemiolog

Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Telefon: 0 365 223-39-58, +998 97 300-90-55

Faks: 0 (365) 223-00-50

Qabul kunlari: har kuni

 

Hamidova Nigora Karimbaevna

Bosh mutaxassis

Tug‘ilgan yili: 25.09.1990- yil

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro shahar

Mutaxassisligi: Kardiolog

Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Telefon: 0 365 223-39-58

(+99891) 613-00-61

Faks: 0 (365) 223-00-50

Qabul kunlari: har kuni

Hamdamova Muxayyo To’xtasinovna

Bosh mutaxassis

Tug‘ilgan yili: 11.09.1969- yil

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Qorako’l tumani

Mutaxassisligi: Akusher-genikolog

Ilmiy darajasi: Tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori

Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Telefon: 223-39-58 (+99891 411-00-67)

Faks: 0(365)223-00-50

Qabul kunlari: 14 00 – 17 00 har kuni

 

Ro’ziyeva Mahfuza Hikmatovna

Bosh mutaxassis

Tug‘ilgan yili: 23.07.1996- yil

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro shahri

Mutaxassisligi: Filolog- Lingvist

Chet tillarini bilishi: rus tili, ingiliz tili

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Telefon: 223-39-58 (+99897 260-55-77)

Faks: 0(365)223-00-50

Qabul kunlari:  har kuni

 

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi haqida

 

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g'risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g'risida”gi qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g'risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko’tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o’quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g'risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18- iyuldagi 515- sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorning 14-bandiga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tarkibida Davlat inspektsiyasi boshlig’i tavsiyasiga asosan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 4 nafar (bo`lim boshlig’i va 3 nafar bosh mutaxassis) xodimdan iborat “Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi” tashkil etildi.

Bo’limga institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib boorish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish hamda institutni ichki atteastatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar to’g’risidagi ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish yuklatildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi nizomi tasdiqlandi. Institutda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va institutdagi o’quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo’yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi o’z faoliyatida bevosita institut rektoriga bo’ysunadi.

 

Bo’limning asosiy vazifalari va funktsiyalari:

Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

·         ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

·         ta’lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o`rganish;

·         talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;

·         ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash;

·         kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

·         ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta`lim sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash, ma`lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

·         attestatsiya, ta`lim sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o`rnatish;

·         ta`lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

·         ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

·         professor-o`qituvchilari tayanch ma`lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni institut rektoriga ma`lum qilish;

·         o`quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

·         ta`lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;

·         talabalar amaliyotining ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

·         Davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan institut  reytingini aniqlashga va baholashga oid ma`lumotlarni to`plashda, o`tkaziladigan attestatsiya va ta`lim sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;

·         talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash va boshqa bir qancha vazifalar yuklatilgan.

Hozirgi kunda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi barcha yuklangan mas'uliyat va vazifalar bilan muvaffaqiyatli ravishda bajaryapti. Quyidagi diagramma va jadvallardan ham shuni aytish mumkinki, ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi tomonidan bajarilgan ishlar institutning boshqa o'quv muassasalari orasida erishgan o'rnini egallash jarayonida muhim rol o'ynaydi. Ma’lumki, o'tgan 2018 va 2019- yillar mobaynida yaxshi ta'lim sifati foizi 35,17 dan 47,44% ga ko’tarildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti har jihatdan salmoqli o'sish bilan natijalarni ko'rsatayotgan O'zbekistonning nufuzli ta'lim dargohlaridan biriga aylandi. Institut xodimlari tomonidan amalga oshirilgan eng katta va qiyin qadamlar hurmatga sazovor bo'ldi. O'quv dargohining ishchan va mas'ul xodimlari tomonidan amalga oshirilgan mashaqqatli va ulkan ishlar tufayli bir yil ichida professor-o'qituvchilar va talabalar 41-o'rindan O'zbekistonning eng yuqori o'rinlarni egallagan ta'lim dargohlari orasida 16-o'rinni qo'lga kiritib, qilingan mehnatlar o’z hosili berdi. Institut mamlakatning eng yosh va yaqinda tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri bo'lsa-da, har bir sohada salmoqli va yaxshi natijalarni ko'rsatib kelmoqda. Masalan, 2019 yil sarhisobida nomzodlik va fan doktori ilmiy darajalarini olgan professor- o’qituvchilar soni, hamda o’z mehnat faoliyatini olib borayotgan professor- o’qituvchilar tomonidan chop etilgan monografiyalar soni ikki barobar oshdi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi Rossiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya va boshqalarning xalqaro tan olingan universitetlari bilan yaxshi aloqalar o'rnatgan. Institut Hindiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Ozarbayjon va Rossiyadan kelgan xalqaro talabalar uchun yangi uyga aylandi. Bu talabalar soni, shuningdek, qariyb ikki barobarga oshdi bir yil davomida. Bugungi kunda Buxoro tibbiyot instituti O'zbekistonning yetakchi ta'lim dargohlaridan biri bo'lib o'z o'rni va hurmatiga ega.


 
Contact Info
  • Address: A. Navoiy shoh ko'chasi N1 uy, Buxoro shahri, 200118, O'zbekiston.
  • Telefon0 (365) 223 00 50
  • Fax:0 (365) 223 00 50

© 2020 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter