Stomatologiya fakulteti

Stomatologiya fakulteti

Xabibova Nazira Nasulloyevna

Fakultet dekani

Dekanat xodimlari

Kazakova Nozima Nodirovna
1-5 kurs dekan muovini
Qurbonova Nodira Isomiddinovna
Ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini

Fakultet tarixi

 Stomatologiya fakulteti 1991-1992-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutining Davolash fakulteti tarkibida professor Akram Ibragimovich Mo’minov tomonidan tashkil etilgan. 1993 yilda Stomatologiya fakulteti, fakultet shaklida ajralib chiqib, unga O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan dekan lavozimiga dotsent Y.X.Yunusov tayinlangan. Keyinchalik, talabalarni o’qitish uchun professor-o’qituvchilarni tayyorlash va klinik bazalarni tashkil etish asosiy vazifalardan biri bo’ldi. Yuqoridagi vazifalarni tashkil qilish uchun ishchi guruh (dotsent t.f.n. Y.X. Yunusov, M.SH.Shodiev, T.SH.Fattaxov)lar jalb qilindi. 1993-yilda institut rahbariyati va Buxoro viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i t.f.d. M.M. Abduraxmonov buyrug’i bilan Buxoro viloyat 2-son stomatologiya poliklinikasi ochilib, unga T.SH. Fattaxov bosh hakim qilib tayinlandi. Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i t.f.d. M.M. Abduraxmonov va institut rektori professor A.I. Mo’minov buyruqlariga asosan, 1993-yilda “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi Viloyat klinik kasalxonasi yuz-jag’ jarrohligi bo’limida, terapevtik stomatologiya kafedrasi Buxoro viloyat 2-son stomatologiya poliklinikasida, bolalar stomatologiya kafedrasi Buxoro shahar Bolalar stomalogiya poliklinikasida joylashtirildi. Viloyatda mavjud har bir tuman stomatologiya poliklinikalaridan 1-2 donadan stomatologik bor mashina, kreslo va unga tegishli asbob va uskunalar olinib o’quv xonalari jihozlandi. 1994-1995 yillarda “Ortopedik stomatologiya”  kafedrasi tashkil etildi. 1996-yilda Sharq-1 mavzesida eski bog’cha binosi Stomatologiya fakultetining bir qancha kafedralariga amaliyot ba’zasi sifatida qayta ta’mirlandi. 1997-yilda ushbu binoga “Ortopedik stomatologiya” kafedrasi joylashtirildi va kafedra mudiri etib professor S.S. Agzamxodjaev tayinlandi. 1997-yilda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Izroil va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqarilgan 20 ta stomatologik bor mashinalar va 2 ta ortopantomograf olib berildi.

Stomatologiya fakultetida dekan lavozimida ishlagan professor-o’qituvchilar

 YillarDekanlar
 1993-2004Yunusov Y.X.
 2004Idiev G’.E.
 2004-2009Nurov U.I.
 2010Inoyatov A.SH.
 2010-2012Teshaev SH.J.
 2012-2014Inoyatov A.SH.
 2014-2015Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali Stomatologiya fakulteti dekani Inoyatov A.SH.
 2015-2016Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali Stomatologiya fakulteti dekani Rajabov O.A.
 2016 -2017Inoyatov A.SH.
 2017-2018Idiev G’. E.
 2018Rajabov O.A.
   
 2019Xabibova N.N.
 2020Raximov Z.Q.
 2021Saidov A.A.
 2021Xabibova N.N.

Ilmiy-tadqiqot ishlar

“Stomatologiya” fakulteti ilmiy kengashi 22 nafar professor-o‘qituvchilar, kasaba uyushmasi raisi, yoshlar harakati raisi va 6 nafar talabadan iborat. Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, talabalarning intellektual salohiyati, ongi va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, vatanparvarlik, el-yurtga muhabbat va sadoqat ruhida yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Fakultet Ilmiy kengashi tomonidan yoshlarning o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining borishi, interfaol usullardan foydalanish darajasi tahlil qilinadi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatadi va zarur choralar ko‘radi.

Ilmiy kengash tarkibi

F.I.O

Lavozimi

1

 

Boshqaruv raisi, fakultet dekani

2

 

Ta’lim sifati bo’limi boshlig’i, rais o’rinbosari

3

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

4

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

5

 

Ilmiy kotib

6

 

O’quv bo’limi boshlig’i

7

 

Umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri

8

 

Gistologiya, sitologiya kafedrasi mudiri

9

 

Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri

10

 

Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri

11

 

2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri

 

12

 

Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi mudiri

13

 

Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri

 

 

14

 

Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri

 

 

15

 

Umumiy xirurgiya kafedrasining o’quv bo’limi mudiri

 

 

16

 

Gistologiya, sitologiya kafedrasining o’quv bo’limi mudiri

17

 

Psixiatriya va narkologiya kafedrasining o’quv bo’limi mudiri

18

 

Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasining o’quv bo’limi mudiri

19

 

2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasining o’quv bo’limi mudiri

20

 

Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasining o’quv bo’limi mudiri

21

 

Patologik fiziologiya kafedrasi o’quv bo’limi mudiri

 

 

22

 

Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi o’quv bo’limi mudiri