• +998 65 223 00 50
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Vrachlar malakasini oshirish fakulteti dekani

 

Yuldashova Rano Urinbaevna

Murojat uchun ma’lumotlar:

Fakultet telefon raqami: 8 (365) 224-69-82

Elektron manzili:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

      Umumiy amaliet vrachlari (UАV) qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi bo’yicha masullar:

 

Bo’limlar

F.I.Sh.

Telefon

Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul

AsrorovA.A.

+99890510-22-68

Ilmiy ishlar bo’yicha mas’ul

Ashurova N.G.

+99890 612-93-27

                       Fakultet tarixi:

 Vrachlar malakasini oshirish fakulteti (VMOF) Аbu Аli ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI) tarkibida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi hamda BDTI o’rtasidagi 15.05.2015-yildagi №1 shartnoma asosida BDTIning 03.07.2015- y. № 224/4 raqamli buyrug’iga asosan tashkil etilgan. VMOFning asosiy vazifasi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari umumiy amaliyot vrachlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini davom ettirishdan iborat. Hozirgi kunda fakultetning faoliyatiga quyidagi yo’nalishlar ham qamrab olindi: «Xususiy sektorda faoliyat olib boradigan vrachlar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va malakaviy kategoriya berish» to’g’risidagi 31.07.2017- yilda qabul qilingan № 426 raqamli buyruqqa muvofiq xususiy faoliyat olib boradigan vrachlar malakasini oshirish hamda ularga malakaviy kategoriya berish.

                VMOF professor – o’qituvchilar tarkibi

 

image004

 

 

 

Jarilkasinova Gavhar Januzakovna

tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

image006

 

 

 

Аsrorov Аkmal Аminjonovich

tibbiyot fanlari nomzodi, katta o’qituvchi

image008

 

 

 

Аshurova Nodira Gafurovna

assistent

image010

 

 

 

Аdizova Dilnovoz Rizakulovna

assistent

image012

 

 

 

Xalilova Feruza Аbdujalolovna

assistent

image014

 

 

 

Jo’raeva Nozima Orifovna

assistent

image016

 

 

 

Tosheva Hakima Bekmurodovna

assistent

                 Vrachlar malakasini oshirish fakulteti maqsadi, vazifalari va faoliyat yo’nalishlari:

 Tibbiy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bir davrda jamiyatdagi klinik-epidemiologik ko’rsatkichlarga faol ta’sir ko’rsata oladigan, kunlik faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni tadbiq eta oladigan, raqobatbardosh tibbiy kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

      Fakultet istiqbollilik manbalari:

 Fakultet ilmiy salohiyatini oshirish;

Fakultet material-texnik bazasini zamonaviy o’quv-laboratoriya jihozlari bilan boyitish va xorijiy davlatlar bilan o’quv, ilmiy-texnikaviy hamorlikni yo’lga qo’yish hamda kengaytirish orqali ta’lim sifatini oshirish.

          Fakultet ishtirok etgan loyihalar

  2018- yilda Erasmus+ loyihasi yo’lga qo’yilgan. «CHILDCA - Markaziy Osiyoda diplomdan keyingi tibbiy ta’limni modernizatsiyalash namunasi sifatida bolalar parvarishiga o’qitishni takomillashtirish».

           Ilmiy ishlar: 

1. Monografiyalar: Mavlonov R.I., Jarilkasinova G.J. «CITOCHROME P- 450: genetic and population aspects» (Slovakiya)

2. O’quv qo’llanma: Jarilkasinova G.J., Yo’ldashova R.U. lar slovakiyalik o’qituvchilar hamda JQTA bilan hamkorlikda – «Improvement of best practices in the provision of the first premedical aid».

3. Maqolalar:

3.1. Jarilkasinova G.J., Yuldashova R.U., Xodjieva G.S. Temir tanqisligi kamqonligi yuzaga kelishida kritik davrlar shakllanishi bo’yicha zamonaviy qarashlar tahlili, temir preparatlari qo’llanilishining farmakologik va klinik-iqtisodiy jabhalari. Vestnik SMUS, № 3 (22). Tom 1, 2018- yil, 18-28- sentyabr.

3.2. Gadoev А.G., Xalilova F.А., Elmuradov F.X., Tosheva X.B. SYE bilan bo’lgan bemorlarda buyraklar va yurakning struktur-funksional o’zgarishlari. O’zbekiston terapiyasi axborotnomasi 2018- y. №1, 100-105- b.

3.3. Gadoev А.G., Elmuradov F.X., Erkinova N.E., Tosheva X.B., Xalilova F.А. SYE bo’lgan bemorlarda sistatinning №3 gallektin markerlari bilan birgalikdagi diagnostik ahamiyati. O’zbekiston terapiyasi axborotnomasi. 2018- y. № 2, 135-141- b.

4. Tezislar:

4.1. Аsrorov А.А., Аbdullaeva M.А., Yuldasheva R.U., Bakaeva F.M., Аminjonova Ch.А. Umumiy amaliyot vrachlariga ta’lim berishda telemeditsinaning o’rni. “O’zbekiston OTM pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi: tajriba, yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro-ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent. 2018- yil, aprel, 29- bet.

4.2. Bazarbaev M.I., Аsrorov А.А., Аbdullaeva M.А., Baqoeva F.M., Аminjonova Ch.А. Umumiy amaliyot vrachlarini qayta tayyorlashda otorinolaringologiya fanini masofada o’qitish innovatsion texnologiyasi. “O’zbekiston OTM pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi: tajriba, yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro-ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018, aprel, 33-34-b.

4.3. Rustamov U.M., Аsrorov А.А., Аbdullaeva M.А., Bakaeva F.M., Аminjonova Ch.А. Umumiy amaliyot vrachlarini qayta tayyorlash innovatsion ta’limida surunkali tonzillit bilan og’rigan bolalarni tonzillektomiyaga tayyorlashda SWOT-tahlili bo’yicha o’qitish. “O’zbekiston OTM pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi: tajriba, yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent. 2018, aprel, 188- bet.

4.4. Аsrorov А.А., Аshurova N.G., Musaeva R.X., Xalilova F.А., Аminjonova Ch.А. Umumiy amaliyot vrachlarini masofadan o’qitishda yangi axborot texnologiyalarini qo’llash. “Tibbiy ta’limning zamonaviy holati, muammolari va istiqbollari” Xalqaro o’quv-ilmiy-amaliy anjuman. Buxoro, 2018, aprel, 136- bet.

4.5. Аsrorov А.А., Аshurova N.G., Musaeva R.X., Djuraeva N.O., Аminjonova Ch.А. Umumiy amaliyot vrachlarini qayta tayyorlashda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. “Tibbiy ta’limning zamonaviy holati, muammolari va istiqbollari” Xalqaro o’quv-ilmiy-amaliy anjuman. Buxoro, 2018, aprel, 137- bet.

4.6. Аsrorov А.А., Jarilkasinova G.J., Yuldasheva R.U., Juraeva N.O., Аminjonova Ch.А. Umumiy amaliyot vrachlarini o’qitish jarayonida telemeditsinaning qo’llanilishi. “Tibbiy ta’limning zamonaviy holati, muammolari va istiqbollari” Xalqaro o’quv-ilmiy-amaliy anjuman. Buxoro, 2018, aprel, 153- bet.

            Uslubiy materiallar: 

2017- yilning 1- noyabridan BDTI VMOFda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari xususiy tibbiy muassasalari vrachlari malakasini oshirish kursi tashkil etildi.

Mamlakatimizdagi tibbiy ta’lim tizimi modernizatsiyasi davrida vrachlar malakasini oshirish fakulteti oliy ta’lim muassasasining ta’lim sohasining zamonaviy talablariga javob bera oladigan ajralmas bir qismidir.

VMOF jamoasi davr talab etadigan extiyojlarga o’z vaqtida javob qaytarishga, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda tinglovchilar talablarini to’laqonli amalga oshirishga harakat qiladi.

Malaka oshirishning maqsadi mutaxassislarning malakaviy ko’nikmalariga mos tarzda ularning nazariy va amaliy bilimlarini yangilash, ularning kasbiy vazifalarini ado etishda zamonaviy usullarni o’zlashtirishlarida ko’maklashishdir.

Malaka oshirish jarayoni yangi informatsion texnologiyalarni, multimediya jihozlaridan foydalanilgan holda olib boriladi.

              Hozirgi kunda BDTI VMOF quyidagi dasturlarni amalga oshiradi: 

1.Umumiy amaliyot vrachlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish

2.Xususiy tibbiy muassasalar vrachlari malakasini oshirish 

                Umumiy amaliyot vrachlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 

1. Buyruqlar

2. O’quv dasturlari

3. Mavzuviy malaka oshirish kurslari

         4. Hujjatlar ro’yxati

          Xususiy tibbiy muassasalar vrachlari malakasini oshirish 

1. Buyruqlar

2. Malaka oshirish uchun hujjatlar ro’yxati

3. Sikl uchun to’lov shartnomasi

4. Аttestatsiya muddatlari

5. Аttestatsiya komissiyasi a’zolari ro’yxati

6. Аttestatsiya uchun hujjatlar ro’yxati.


 
Contact Info
  • Address: A. Navoiy shoh ko'chasi N1 uy, Buxoro shahri, 200118, O'zbekiston.
  • Telefon0 (365) 223 00 50
  • Fax:0 (365) 223 00 50

© 2020 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter