• +998 65 223 00 50
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

image002

Alieva Dilshoda Musaevna
Axborot-resurs markazi direktori
Tug‘ilgan yili:  24.03.1961 yil
Tug‘ilgan joyi:  Buxoro viloyati, Romitan tumani
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Tarix-jamiatshunoslik pedagog
Chet tillarini bilishi:  rus tili, ingliz tili,arab tili,fors,ozarbayjon tillari
E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it..
Telefon:  +99890-712-15-91
Faks:  (0365) 223-00-50

AXBOROT RESURS MARKAZI TARIXI 

Buxoro davlat tibbiyot instituti tasarrufida 1991 yildan boshlab kutubxona tashkil etildi.Kutubxona dastlab Toshkent tibbiyot akademiyasi va tibbiyot institutlari kutubxonalaridagi mavjud kitob saqlash fondlari hisobidan to`ldirilgan. Kutubxona fondi 1996 yilga kelib 28000 nusxani tashkil etgan. Bugungi kunda esa umumiy adabiyotlar fondi 159409 nusxani tashkil etadi.

Kutubxonaga 1991-1992 yilgacha N.S. Komilova, 1992-1996 yillarda L.P. Mosheeva, 1996-2006 yillar J.H. Navro`zova, 2006-2010 yilgacha A.H. Husenov, 2011-2012 yillarda S.O. Saidov, 2012-2013 yillarda O`.O`. Xodjayev, 2013 yil sentyabrdan 1 dekabrgacha I.I. Nazarov, 2013-2017 yillar davomida B.Z. O`rinova rahbarlik qildi. 2017 yil avgust oyidan boshlab ARM direktori vazifasiga D.M. Aliyeva tayinlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida ”gi 2006 yil 20 iyun qaroriga asosan kutubxona tizimlari birlashtirilib ARM (Axborot resurs markazlari)tashkil etildi.

ARMning 4 ta tarmoq kutubxonasi mavjud bo`lib, ular: 

1.Stomatologiya markazidagi tarmoq kutubxonasi;

2.Kogon tumani tarmoq kutubxonasi;

3.Buxoro tuman Novmetan qishlog`idagi tarmoq kutubxonasi;

4.Talabalar turar joyida joylashgan tarmoq kutubxonasi; 

ARM 5 ta bo`limdan iborat bo`lib, bular: 

1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma`lumot bo`limi;

2. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, katologlashtirish va tizimlashtirish bo`limi;

3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi(Abonementlarga xizmat ko`rsatish, o`quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda);

4. Elektron axborot-resurslari bo`limi;

5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limi;

Ilmiy-uslubiy va axborot-ma`lumot bo`limi;   

Buxoro davlat tibbiyot instituti ARMning Ilmiy-uslubiy bo`limida foydalanuvchilar va professor-o`qituvchilar hamda aspirantlar uchun bibliografik ko`rsatkichlar, qo`llanmalar, ro`yxatlar tuzib chiqiladi. ARMdagi ilmiy adabiyotlar, monografiyalar, avtoreferatlar va dessertatsiyalardan foydalanib professor-o`qituvchilar, klinik ordinatorlar, magistr va talabalar uchun tavsiya ro`yxatlari tuzib chiqiladi va ulardan samarali foydalanishadi. Ingliz tilida chop etilgan tibbiyotga oid adabiyotlarga bugungi kunda talab ortib bormoqda. Buni inobatga olgan holda chet tilidagi adabiyotlarning tibbiyot mutaxassislari uchun tavsiya ko`rsatkichlari tuzib chiqiladi.Bu adabiyotlarning elektron shaklini yaranish ustida ish olib borilmoqda.Bo`lim yillik hisobotlar va ish rejalar ustida ish olib boradi.    

Bo`limda:

Avtoreferatlar-1746

Disertatsiya-73

Rossiya ilmiy tibbiyot jurnallari- 2700

O`zbekiston ilmiy jurnallari- 1257     

2. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, katologlashtirish va tizimlashtirish bo`limi 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 mayda qabul qilingan «Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida» gi qarorida ta`lim muassasalari ARMni zamonaviy darsliklar,o`quv qo`llanmalar va ma`lumot axborot nashrlari, o`quv ilmiy adabiyotlar bilan ta`minlashga alohida urg`u berilgan.Institutimiz ARMga doimiy ravishda respublikamizda va xorijda chop etilayotgan tibbiyotga oid adabiyotlar xarid qilinmoqda.

ARM uchun zarur bo`lgan adabiyotlarga O`zbekiston Respublikasining nashriyotlari bilan shartnomalar tuzib, adabiyotlar olinadi.Foydalanuvchilar tomonidan ko`p so`raladigan adabiyotlarga buyurtmalar beriladi.

2018-yilda olingan yangi adabiyotlar:

Ilmiy -50

Ijtimoiy-24

Prezident asarlari-24

Badiiy-19

Darslik va o`quv qo`llanmalar-126 

ARM faqat mutaxassislik yo`nalishdagi darsliklar bilan cheklanib qolmay, balki badiiy adabiyotlar bilan ham ta`minlanmoqda.Institutimiz ARM fondida umumiy 32174 dan ortiq badiiy adabiyotlar mavjud.

Bo`lim xodimlari har yili vaqtli matbuot nashrlariga obuna ishlarini tashkil qilib, 50 dan ortiq nomdagi matbuot nashrlari kartotekasini yuritadi. Shundan 22 nomda gazeta va 16 nomda jurnal bo`lib, 5 yillik gazeta, jurnal taxlamlari mavjud. 

3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi (Abonementlarga xizmat ko`rsatish, o`quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda) 

Bo`limda kitob fondi 75705 nusxani tashkil etadi.Asosan tabiiy fanlar, ijtimoiy gumanitar va tibbiyot fanlari bo`yicha darslik va o`quv qo`llanmalar mavjud.

ARM foydalanuvchilarning axborotlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, ma`lumotlarning mavzu yo`nalishlari bo`yicha, manbalar yaratish yo`li bilan oliy ta`lim muassalarning axborot resurslarini shakillantiradi.

Foydalanuvchilarga adabiyotlar o`n kun muddatga beriladi, mavsum davomida olib foydalanadilar, foydalanuvchilar ARMdan olgan barcha adabiyotlarni ehtiyot qilishlari, ularni belgilangan muddatda qaytarishlari shart.

Axborotlarga bo`lgan talablarga muvofiq va ARM ma`lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma`lumotlarning elektron bazalari.Internet resurslari) asosida talabalarga zarur darajada axborot xizmati ko`rsatadi.

Bo`lim faoliyatini samarali bo`lishi uchun yangi tizimda ishlar olib borilmoqda. Zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalangan holda xizmat ko`rsatiladi.

Ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni tashkillashtirish va o`tkazishda faol qatnashadi. Bo`lim xodimlari tomonidan muhim sanalarga bag`ishlangan ommaviy tadbirlarda adabiyotlar ko`rgazmalari tashkil qilinadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish , kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida ”gi 2017 yil 13 sentyabr PQ-3271 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash bo`yicha “Kitobxonlik klubi” tashkil etildi. Talabalarning kitobga bo`lgan qiziqishini oshirish maqsadida, ushbu klub har oy muntazam ravishda o`tkazilmoqda.

Bo`limda doimiy ravishda yangi olingan adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida yangi resurslarning taqdimoti o`tkaziladi. Xodimlar institut, shahar, viloyat va respublika miqiyosida o`tkaziladigan turli anjumanlarda kitob ko`rgazmalari tashkil etishadi.

Bo`lim viloyatimizda boshqa Oliy o`quv yurtlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Buxoro viloyat Abu Ali ibn Sino nomidagi Axborot kutubxona markazi, Samarqand Pushkin nomidagi ARM viloyat kutubxonasi, A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Toshkent Stomatologiya instituti bilan hamkorlikda o`zaro shartnomalar tuzilib, ish uslublarimiz va innavatsion g`oya ustida ishlayapmiz. Bu keskin o`zgarishlar hamkorlikning dalolatidir.

ARM o`quv zalida ijtomoiy fanlarga oid,o`zbek, rus, ingliz va nemis tillaridagi tibbiyotga oid adabiyotlar, Prezident asarlari, gazeta va jurnallar mavjud.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida o`quv zalida 2 ta qish-yoz konditsioneri o`rnatilgan, zal internernetga ulangan yangi rusumdagi kompyuterlar, skaner bilan jihozlangan. Xodimlar foydalanuvchilarning talab va xohishlarini inobatga olgan holda barcha resurslarning elektron shaklini yaratib,talabalarga keraklisini tezda topib berishga harakat qilishadi.  

ARMning kitob fondini saqlash bo`limida 10000 dan ortiq ko`p nusxadagi va kam so`raladigan adabiyotlar saqlanadi. Fonddagi resurslardan KAA (kutubxona axborot almashunivi) orqali turli kollej, institut va litsey talabalari ham bemalol foydalana olishadi. Bundan tashqari bo`limda 50 nomdagi vaqtli matbuot nashrlari shundan 31 nomdagi gazeta va 21 nomda O`zbekistonda chop etiladigan turli mavzulardagi maqolalarning “Qonun farmonlar“, ”Siyosiy maqolalar” va”Sog`lom turmush tarzi”kabi tematik kartotekalar to`ldirib boriladi. 

4. Elektron axborot-resurslari bo`limi; 

Bo’limda elektron resurslar15438 dan ortiq nusxani tashkil etadi. Professor-o‘qituvchilar va talabalarga yangi-yangi elektron-resurslar ya’ni darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlarining elektron shakli orqali xizmat ko‘rsatish amalga oshirilmoqda. Kam nusxadagi va yangi kelgan kitoblarning skaner asosdagi elektron varianti yaratilmoqda. Hozirda 3000 ga yaqin elektron-resurslar manbai jamlangan. Ular ta’lim yo‘nalishlari va fanlar bo‘yicha ajaratilgan.

Axborot-resurs markaziga yangi axborot-texnologiyalarni joriy etish maqsadida Pentum IV rusumdagi kompyuterlar va orgtexnikalar ajratilgan. Hozirgi kunda jami 30 ta kompyuter, 2 ta skaner, 2 ta printer va 1 ta nusxa ko‘chirish apparati ishlab turibdi.

Kompyuterlar institut lokal tarmog‘iga ulangan va Internet  xalqaro axborot-tarmog‘iga bog‘lanish imkoni yaratilgan.

Ziyonet axborot ta’lim tarmog‘i manbalaridan foydalanish imkoni yaratilgan va milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun kitob fondlari, ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari orqali zarur darajadagi xizmatlar kо‘rsatilmoqda.

Shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23-fevraldagi “2011-2015 yillarda axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot resurslar bilan xizmat ko’rsatishni takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi qaroriga asoslanib, koorporativ axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi ARMAT-U dan Respublika yig’ma,elektron katalogini yaratishda Buxoro davlat tibbiyot institute elektron bazasida bir qancha ishlarni amalga oshirildi. Yig’ma electron ma'lumotlar bazasini shakllantirishda axborot-kutubxona fondiga kelib tushayotgan bibliografik axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yigib, ishlov berish, saqlash orqali amalga oshirildi. Koorparativ tarmoqda 6027 ta bibliografik ma'lumot va 2580 ta adabiyotning to’liq matni shakllantirilgan.

Foydalanuvchilarni ARMdan unumli foydalanishini ta`minlash uchun doktarantlar, ilmiy izlanuvchilar,magistrlar,klinik ordinatorlar va iqtidorli talabalarga “Web of Science”, “Oxford University Press”, “Cambridge University Press”, “Blacrwel Wiley”, “eLIBRARY”, “IBIS”, “Politexresurs” kabi platformalardan foydalanish,ulardan kerakli ma`lumotlar,ilmiy maqolalar,dissertatsiyalar,kitoblarni izlashda ,olingan adabiyotlarni ko`chirib olishda yaqindan yordam ko`rsatiladi.        

5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limi 

Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limida 216 nomda 8700 nusxada tibbiyot sohasiga oid xorijiy adabiyotlar mavjud. Bo`limda institut professor-o`qituvchilari, talabalar, magistr, klinik, ordinator va assistentlarga kerakli ma`lumotlar berib, xizmat ko`rsatilmoqda.

Hozirga kunda xorijiy adabiyotlarga bo`lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda va har yakshanba kuni talabalar o`rtasida» IELTS» klublari tashkil etilib qiziqarli dars va muzokaralar olib borilyapti.

Talaba va o`qituvchilarning ehtiyojlarini yanada qoniqtirish maqsadida xorijiy adabiyotlarning elektron nusxalari ham mavjud.

Axborot resurs markazi xodimlar

 image003

Navro`zova Jamila Xalimovna

Axborot-resurs markazi bo`lim boshlig`i

Tug‘ilgan yili: 24.03.1961г

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: Kutubxonachi-bibliograf
Chet tillarini bilishi: rus tili,

Tel; +99893-651-06-65

Faks: (0365) 223-00-50

image005

Sharipova Rohat Atoevna

Axborot-resurs markazi bosh kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 06.04.1970 yil

Tug‘ilgan joyi: Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: Rus tili va adabiyoti o`qituvchisi

Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili

Tel; +99890-268-65-50

Faks: (0365) 223-00-50

image007 

          Hasanova Hilola Akramovna

Axborot-resurs markazi oliy toifali kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 24.07.1982yil

Tug‘ilgan joyi: Buxoro sh,G`ijduvon tumani

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: Fransuz tili o`qituvchisi
Chet tillarini bilishi: rus tili, Fransuz tili

Tel; +99890-413-90-78

Faks: (0365) 223-00-50

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 image009

Raxmatova Muzzayam

Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 02.03.1964

Tug‘ilgan joyi: Buxoro tumani

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi

Chet tillarini bilishi: rus tili,

Tel; + 99890-744-28-42

image011 

Sa`dullaeva Matlyuba Nasrullaevna

Axborot-resurs markazi bo`lim boshlig`i

Tug‘ilgan yili: 21.01. 1965

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: Geografiya o`qituvchisi
Chet tillarini bilishi: rus tili,

Tel; + тел;+99890-514-87-11

image013   

Najmetdinova Nargiza Sayfetdinovna

Axborot-resurs markazi etakchi mutaxassisi

Tug‘ilgan yili: 22.05.1984

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: Informatika va axborot texnologiyalari 
Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili

Tel; + тел;+99890-715-45-00

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it..

image015

Saidova Raxima Rustamovna              

Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 26.01.1993

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi
Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili

Tel; + тел;+99893-471-82-28

 image017

Xusenova Shaxnoz Axtamovna

Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 03.10.1976

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi
Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili

Tel; + 99893-682-56-31

image019

Ergasheva Zebiniso Anvarovna

   Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 07.09.1984

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Jondor tumani

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi
Tel; +99893-470-63-17

            

image021 

Yusupov Zebiniso Yahёevna

   Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 27.04.1979

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Vobkent tum

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi

Тел:+99890-715-55-89

 image023

Mavlyanova Feruza

Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 25.07.1987г

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi

Тел:+ 99890-635-01-78

image025

Ramazonova Zulfizar

Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 02.11.1992

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi

image027

|Hakimova Ra`no

Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 18.03.1968

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro sh,

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi

image029

Bakaev Rosia Shamsiddinovna

Axborot-resurs markazi kutubxonachisi

Tug‘ilgan yili: 02.03.1974

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro tumani

Ma’lumotibo‘yichamutaxassisligi: kutubxonachi Тел:+99890-744-38-29




 
Contact Info
  • Address: A. Navoiy shoh ko'chasi N1 uy, Buxoro shahri, 200118, O'zbekiston.
  • Telefon0 (365) 223 00 50
  • Fax:0 (365) 223 00 50

© 2020 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter