Axborot texnologiyalari markazi
- Hits: 466
Jalolov Tursunbek Sadriddinovich
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasida assistent
Dastur tillarida ishlashi: Delphi, C++, HTML, CSS, PHP, Joomla blog
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili
Tеlеfon raqami: +998906374958
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Rasulov Muxammad Rustamovich
Lavozimi: Axborot Xavfsizligi bo'lim boshlig'i
Tug’ilgan yili: 08.12.1996- yil
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Vobkent tumani
Chet tillarini bilishi: rus tili, ingliz tili (lug`at yordamida)
Telefon: 0 (365)223-61-73, (99) 704-76-98
Murtazoеva Qunduzxon
Lavozimi: Zal mudiri
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili
Tеlеfon raqami: +998914441454
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Xamraеv R.R.
Lavozimi: Muhandis-dasturchi
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili
Tеlеfon raqami: +998906371611
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Djurayev J.M.
Lavozimi: Tarmoq administratori
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili.
Tеlеfon raqami: +998906120309
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Saloxiddinov S.S.
Lavozimi: Tizim adminstratori
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili
Tеlеfon raqami: +998914087154
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ruziеva D.
Lavozimi: Muhandis dasturchi
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili
Tеlеfon raqami: +998914056722
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Xo’jaеv Ў.O.
Muhandis dasturchi
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili
Tеlеfon raqami: +998914410074
Toxirov U.E
Lavozimi: Muhandis dasturchi
Qaysi chеt tillarini biladi: Rus tili
Tеlеfon raqami: +998936835659
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Axborottexnologiyalarmarkazi (ATM) o‘zfaoliyatiniinstitutrektoritomonidantasdiqlanganNizomasosidaolibboradivato‘g‘ridan-to‘g‘riO‘quvishlariprorektorigabo‘ysunadi. Markaz o‘z tarkibiga Axborot tizimlarini joriy etish, Tarmoqlarni boshqarish, Texnik qo‘llab-quvvatlash va Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limlarini oladi.
ATM faoliyatini tashkil etish uchun 1 ta Markaz rahbari, 1 ta zl mudiri, 3 ta muhandis-dasturchi, 2 ta Tizim administratori va 2 ta Tarmoq administratori lavozimlari ajratilgan.
Markazni ayni vaqtda institut rektorining buyrug‘i bilan tayinlangan Markaz rahbari, Jalolov Tursunbek Sadriddinovich boshqaradi.
U bilan xizmat vazifalari bo‘yicha aloqa qilish vositalari:
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Tel: 8(365)2239422 [09:00-17:00]
Mobil tel: 998 90 611 51 53 [09:00-17:00]
Markazning asosiy maqsad va vazifalari
Markazning asosiy maqsadi institut o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ma’muriy boshqaruv jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamon talablari darajasida tadbiq etilishini ta’minlashdan iborat bo‘lib, bu maqsadga erishish uchun quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
-Institutda axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida institut rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
-"Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i faoliyatini institut miqyosida tashkil etish va nazoratini olib borish;
-institutda mavjud kompyuter texnologiyalari dasturlarining to‘g‘ri ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;
-Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
-Kompyuter foydalanuvchilari ishini nazorat qilish;
-institut kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
-institutda Internet tarmog‘i, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
-institutning nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
-institutda masofadan o‘qitishni tashkil etish;
-saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
- axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;
- axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
- operatsion tizimlar hamda ularda (amaliy masalalarni yechish uchun) ishlatiladigan amaliy dasturlar va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
- saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotlarni tarqalib ketishdan himoyalash;
- ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
- himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlaydigan foydalanuvchilarni tizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchi hatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda:
-kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;
-kompyuter o‘quv xonalariga va kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter o‘quv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat kilish;
-tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini o‘rnatish va yangilab borish;
-mavjud kompyuterlarga o‘quv jarayoni uchun zarur dasturiy vositalarni o‘rnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;
-axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;
b) institut Internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilishda:
-o‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalari (serverlar, svichlar)ni doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
-kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;
-kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini o‘rnatish va ularning yangilab borilishini ta’minlash;
o‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;
-tarkibiy bo‘linmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;
-Internet tarmog‘iga ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
-xodim va talabalarni Internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
-Internet tarmog‘iga dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali ulanish va Internet tarmog‘ining doimiy ishlashini ta’minlash hamda turli axborot va dasturiy xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
v) rasmiy veb-sayt hamda elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashda:
-tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni institut elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish;
-rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va axborot xizmati tomonidan institut faoliyatiga oid berilgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida saytga joylashtirish;
-veb-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini ta’minlash;
g) institut axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etishda:
-o‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
-global axborot-huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;
-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlarni institutga tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;
-institutda joriy etilgan elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;
-elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reyestrini yuritish;
-institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishda dasturiy va texnik yordam ko‘rsatish;
-yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish.