• +998 65 223 00 50
  • This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Gavhar pro  

Jarilkasinova Gaukhar Januzakovna

 Tibbiyot fanlari nomzodi,  dotsent

  

 

 

 

e-mail:

gavhar72@inbox.ru

interdep.bsmi@mail.ru

ed_prorector@bsmi.uz

            interdep@bsmi.uz

Telefon: 8(365)223-43-90

Fax: 8(365) 223-43-90

 G.Jarilkasinova o'z kasbining fidoiysi, jonkuyar va etuk pedagog, olima va shifokor sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Uning 171 ta ilmiy ishlari chop etilgan, jumladan 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 1 ta xalqaro miqyosidagi monografiya (Slovakiya), 2 ta xalqaro miqyosidagi elektron darslik (Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Qozog'iston), 27 ta uslubiy qo'llanma, 137 ta ilmiy maqola va tezislar, shulardan 96 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda nashr etilgan, hamda patentlar olingan. Uning rahbarligida 50 nafardan oshiq talaba respublika va xalqaro ko'rik-tanlovlarida g'olib bo'lgan, jumladan 1 nafar “Prezident” Davlat stipendiyasi, 9 nafar “Ibn Sino” Davlat stipendiyasi, 1 nafar “Islom Karimov” Davlat stipendiyasi, 4 nafar O'zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi stipendiyasi g'oliblari, terapiya mutaxassisligi bo'yicha 4 nafar Respublika fanlar olimpiadasi g'oliblari, 3 nafar xalqaro talabalar va yoshlar festivali g'oliblari, 26 nafar xalqaro anjumanlar g'oliblari tayyorlangan.

Erasmus plyus dasturining ModeHed “Modernizing Health education in Universities” (Leipzig, Germany) loyihasi (2015-2018 yy.) koordinatori. Moskva, Astana, Almati, Shimkent, Karaganda,Bishkek, Tartu, Piza, Florentsiya, Leyptsig, Praga, Koshitse, Pekin, Xanoy, Hindiston, universitetlarida stajirovkada bo'lgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida uning mehnati bilan 2017-2018 yillarda jami 100dan oshiq xalqaro shartnomalar imzolandi. 2018 yilning 12-19 mart kunlari Janubiy Koreyada xizmat safarida bo'lib, 9 ta universitet va klinikalar bilan memorandumlar imzolashda faol qatnashdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi 2107-sonli “O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to'g'risida”gi Farmoni asosida “Salomatlik -1,2 va 3” dasturlari doirasida 1000dan oshiq umumiy amaliyot vrachlarini qayta tayyorladi va 300dan oshiq birlamchi bo'g'inda faoliyat ko'rsayotgan vrachlarni malakasini oshirdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi «Sog'liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2863-son qaroriga muvofiq institut miqyosida xususiy tibbiyot muassasalari shifokorlarni malakasini oshirish va toifalar berish kursini tashkil qildi va bugungi kunda 200 nafardan oshiq xususiy tibbiyot muassasalari shifokorlarini malakasini oshirdi va 50 taga yaqini toifaga ega bo'ldi. G.J. Jarilkasinova  institutimizda 3 ta xalqaro, 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarini, talabalar ilmiy jamiyatini 10 tadan oshiq anjumanlarini xalqaro talabalar ishtirokida o'tkazdi. Bundan tashqari, 2015-2016 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali o'quv va ilmiy ishlar direktor o'rinbosari lavozimi faoliyati davrida “Stomatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida respulika ilmiy-amaliy anjumani, filial talabalari ilmiy jamiyatining 2 ta anjumanini xalqaro talabalar ishtirokida o'tkazdi. 2018 yil 12 aprel kuni o'tkazilgan xalqaro miqqiyosidagi “Tibbiy ta'limni zamonaviy holati, muammolari va istiqbollari” mavzusidagi o'quv anjumanining faol tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. 2014 yildan buyon Oliy attestatsiya komissiyasi tasarufidagi “Tibbiyotdagi yangi kun” ilmiy jurnali, 2017 yildan “Vestnik SMUS” Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti jurnali, 2018 yildan “Vestnik” Qozoq davlat ayollar pedagogik universiteti jurnallari tahririyati a'zosi. G.J.Jarilkasinova iqtidorli talabalar bilan ishlashda ham samarali mehnat qilib kelmoqda. O'zbekiston Madaniyati va san'ati forumi tomonidan tashkil qilingan “Pedagogik grantlar-2010, 2011, 2012” yillarda tanlovi g'olibligini aynan iqtidorli talabalarga bag'ishlangan “Iqtidorli talabalarni uslubiy jihatdan qo'llab quvvatlash” loyihasi asosida kiritdi va ushbu loyiha maqsadiga muvofiq 2011-2012 o'quv yilida har chorakda bir chiqariladigan “Buxoroning iqtidorli yoshlari” ilmiy ommabop jurnali chop etdi. 2009-2018 yillarda G.J.Jarilkasinovaning tashabbusi bilan Rossiyaning Ural davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Ural davlat universiteti, Krasnoyarsk davlat tibbiyot universiteti ta'lim muassasalarida shartnoma asosida vrachlarni masofadan malakasini oshirish kurslari (72 va 144 soat) tashkil qilindi. Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Kanadaning Alberto universiteti va Buxoro davlat tibbiyot instituti o'rtasidagi “Elektron ta'lim tizimini rivojlantirish: muammolar, istiqbolli rejalar” mavzusidagi hamkorlik loyixasi bo'yicha Buxoro guruhi rahbari. Uning samarali mehnatlari yordamida Buxoro viloyati, jumladan, Romitan va Peshko' tumanlaridagi 50 tadan oshiq qishloq vrachlik punktlarini Modul qishloq vrachlik punktilarga aylantirildi. G.Jarilkasinova o'zining hayotiy tajribasi, mustaqil fikri va tashkilotchiligi bilan kasbdoshlari hamda institut jamoasi orasida alohida o'rin egallaydi. Mehnat faoliyati davomida ko'plab yosh pedagog va tibbiy xodimlarga ustozlik qilib kelmoqda.

2009 yilda “Sog'liqni saqlash a'lochisi” ko'krak nishonibilantaqdirlangan.

Ko'p yillik samarali va halol mehnati hamda o'z xizmat vazifasiga bo'lgan sadoqati uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Faxriy yorlig'i, O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar “Olima” uyushmasining Faxriy Yorlig'i bilan mukofotlangan. Mehnat staji 28 yil.

1990-1992 yy. - Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat tibbiyot instituti talabasi

1992-1996 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi 1996-1998 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar kafedrasi klinik ordinatori

1998-1999 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar kafedrasi assistenti

1999-2002 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti Fakultet va gospital terapiya kafedrasi aspiranti

2003-2004 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlovchi trenerlar kursi tinlovchisi

2004-2008 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy amaliyot vrachlari tayyorlash kafedrasi assistenti

2009-2015 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy amaliyot vrachlari tayyorlash kafedrasi mudiri

2015-2016 yy. - Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali o'quv va ilmiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari (o'rindoshlik asosida vrachlar malakasini oshirish fakulteti dekani)

2017 y.- h.v. - Buxoro davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish fakulteti dekani (o'rindoshlik asosida xalqaro aloqalar bo'limi rahbari)

2018 yil 12 iyundan boshlab o'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha prorektor lavozimida

 

gavhar72@inbox.ru

interdep.bsmi@mail.ru

ed_prorector@bsmi.uz

interdep@bsmi.uz

Normal 0 false false false RU X-NONE X-NONE

 
Contact Info
  • Address: A. Navoiy shoh ko'chasi N1 uy, Buxoro shahri, 200118, O'zbekiston.
  • Telefon0 (365) 223 00 50
  • Fax:0 (365) 223 00 50

© 2020 Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu web saytda barcha materiallar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan himoyalangan. Buxoro davlat tibbiyot instituti saytidagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova qilish majburiy hisoblanadi.

Flag Counter