XALQARO HAMKORLIK BO’YICHA PROREKTOR
- Hits: 461
Nasullaev Ahatjon Askarovich, PhD |
|
|
Ahatjon Nasullaev 1990-yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2007-yilda Buxoro davlat Universiteti huzuridagi Gimnaziyani, 2012-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining Xalqaro munosabatlar yo’nalishini tugatgan. 2012-yildan 2014-yilga qadar Italiyaning Pavia Universiteti hamda Pavia yuqori tadqiqotlar institutida Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo’yicha magistratura dasturida tahsil olgan. 2014-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida yetakchi uslubchi, bosh uslubchi, katta o’qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2015-2019-yillarda Italiyaning Karlo Kattaneo Universitetida doktoranturada tahsil olgan. 2018-2019-yillar davomida Estoniyaning Tallinn texnologiya Universiteti, Fransiyaning Bordo Universiteti, Chexiyaning Praga iqtisodiyot Universitetida visiting tadqiqotchi sifatida faoliyat ko’rsatgan. 2019-yil Italiyada menejment yo’nalishida o’z doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD darajasini qo’lga kiritdi. 2019-yil 3-iyundan Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori. Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Innovatsion menejment, Sog’liqni saqlashni boshqarish, sog’liqni saqlashda innovatsiyalar. Telefon: +99893 683 42 22 Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. |