Institut yotoqxonasi to’g’risida
- Hits: 440
Institutda 400 o'ringa mo'ljallangan 1 ta talabalar turar joyi mavjud bo'lib, bugungi kunda 400 nafar talaba istiqomat qiladi, Bino sanitariya me'yorlari talablariga javob beradi, binoda kutubxona, o'quv zali, dam olish xonalari, ota-onalar uchun xonalar, ma'naviyat xonasi, oshxona, sport zali faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shuningdek, talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun 9 dona zamonaviy LCD televizorlari, 26 dona gaz plitalari, 5 dona muzlatgich va kir yuvish mashinalari hamda mebel jihozlari bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, talabalar turar joyida yashash sharoitini yaxshilash maqsadida eski isitish tizimi metall quvurlari zamonaviy plastik quvurlarga almashtirildi. Binodagi hojatxonalar zamon talablariga mos holda qayta ta'mirlandi, binoni doimiy issiq suv bilan ta'minlash maqsadida “ARISTON” suv isitgichlari o'rnatildi. Talabalarni bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazish maqsadida yozgi o'yingohlar qayta ta'mirlangan, dam olish uchun yozgi soyabon qurilib foydalanishga topshirildi.