Joriy yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, “Oliy ta’lim tizimiga gender yondashuvni tadbiq etish va boshqarishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasida onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda barcha oliy ta’lim muassasalaridan vakillar ishtirok etishdi. Shu jumladan, Buxoro davlat tibbiyot instituti Xotin- qizlar masalalari bo’yicha kengash raisi, rektor maslahatchisi Manzura Yuldasheva va institut psixologi Mavlyuda Xamraeva ishtirok etishdi.