Markazda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘quv xonalari mavjud: Anesteziologiya-reanimatsiya; Jarrohlik; Otorinolaringologiya; Akusherlik va ginekologiya; Pediatriya va neonatologiya; Terapiya va ichki kasalliklar propedevtikasi; Oftalmologiya; Stomatologiya. Bu xonalarning barchasi tegishli simulyatsiya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu talabalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi.
2022-yil may oyida simulyatsiya o‘quv-klinik markazi zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlandi. Akusherlik-ginekologiya, pediatriya-neonatologiya, terapiya, jarrohlik, anesteziologiya-reanimatsiya kabinetlari boyitildi. Markaz to’liq jihozlangan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan.
Markazda 7 ta o`quv xonasi, 1 ta ma`ruza xonasi, 1 ta ilmiy ishlar himoyasi xonasi, 2 ta talabalar uchun laboratoria xonasi, 15 ta amaliy ko`nikmalarni o`rganish uchun mulyajlar bilan ta`minlangan xonalar mavjud.
Simulyatsiya o`quv-klinik markazida bir vaqtning o`zida 400 talaba amaliy va nazariy mashg`ulotlar bilan shugullanishi mumkin. Bundan tashqari 50 ta talabaning nazariy bilimlarini baholash mumkin, hamda talabalar klinik laboratoriyada tahlillar o`tkazish uchun bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Institutning ushbu yangi “Simulyatsiya o‘quv-klinik markazi” quyidagi xonalardan tashkil topgan: