Kafedra tarixi

Kafedra tarixi

    O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimovning “Abu Ali ibn Sino Xalqaro Jamg‘armasi tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ibn Sino boy merosini o‘rganish to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida Respublika ibn Sino xalqaro jamg‘armasining tavsiyasiga ko‘ra ulug‘ allomalar yurti –  Buxoroi sharifda o‘zbek milliy xalq tabobatini, ayniqsa Abu Ali ibn Sino ulkan merosini o‘rganish, keng ko‘lamda o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tarkibida 1999 yil 30 avgustda YUNESKO «An’anviy tibbiyot» kafedrasi tashkil etildi.

  Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti Xalqaro YUNESKO «SHarq tabobati» fizioterapiya,  jismoniy madaniyat va sport kafedrasi institut rektorining № 62 / 1 paragraf 1 sonli 1.07.99 yil buyrug‘i asosida mavjud “Xalq tabobati” kursi negizida tashkil etilgan bo‘lib, kurs rahbari sifatida dotsent X. N. Qayumov faoliyat ko‘rsatgan.

  Kafedra o‘z faoliyatini 1999-2000 o‘quv yilidan boshlagan. Kafedraning birinchi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent N. P. SHonazarov, 2000 yildan boshlab t.f.n. dotsent Nurboev F.E., 2013 yil noyabr oyidan boshlab t.f.n. Babadjanova Z.X., 2016 yil 24 fevraldan t.f.n. dotsent Nurboev F.E, 2016 yil 26 avgustdan Abdulxakov I.U., 2017 yil 25 avgustdan t.f.n. dotsent Nurboev F.E, 2018 yildan hozirgi kungacha t.f.n. dotsent X. N. Qayumov rahbarlik qilib kelmokda. Kafedra uchun Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazning fizioterapiya, rentgen bo‘limlaridan o‘quv xonalari ajratilgan.

  1999 yil kafedrada 3ta klinik ordinator, 2000 yilda 1ta, 2001 yilda 3ta, 2003 yilda 4ta, 2005 yilda 3ta, 2007 yilda 3ta, 2008-2009 o‘quv yilida 2ta, 2009-2010 o‘quv yilida 4ta, 2010-2011 o‘quv yilida 3ta,  2014 -2015 o‘quv yilida 7ta, 2015 -2016 o‘quv yilda 9ta, 2016 -2017 o‘quv yilida 3ta, 2017 -2018 o‘quv yilida 7ta, jami shu yillar davomida 40 ta klinik ordinatorlar qabul qilinib revmatologiya, kardiologiya, terapiya va boshqa tor mutaxssisliklar bo‘yicha muvafaqiyatli tugatganlar. Sport tibbiyotidan hozirgi kungacha 2ta magistr tugatib kefedrada o‘qituvchi lavozimida ishga qabul qilinganlar. 2020 yilda sport tibbiyotidan yana bir magistr o‘qishga qabul qilingan.

          Kafedaradagi o‘quv ishlarining tashkiliy tomonlari Respublika Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligi O‘rta va Oliy tibbiy ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy kabinet tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatlar asosida olib borilmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan namunaviy o‘quv dasturlar mavjud.