Kafedra tarixi

Tibbiy kimyo kafedrasi 1991 yildan o‘z faoliyatini dastlab “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedrasi sifatida boshlagan.

Kafedra tashkil etilgan vaqtda mudir Amonov M.R. bo‘lgan. O‘sha davrda kafedraning va o‘qish jarayonini tashkil etishda quyidagi professor o‘qituvchilar jonbozlik ko‘rsatib ish boshlaganlar: dotsentlar Xayrullaev Ch.K., Juraev Yu., Nazarov I.I., assistentlar Mavlonov X.N., Sodikova S.Sh., Shukurov I.B., Mirzametov B.S., Amonova X.I. Bozorova S.O., Juraeva S.B., Xolikova R.F. Laborantlar: Safarova R., Nuriddinova X., Umurov F. Faoliyat yurutishgan.

1993 yildan kafedra “Biologik kimyo” kafedrasi bilan birlashtirilib “Biologik va bioorganik kimyo” kafedrasi deb nomlangan, kafedra mudiri lavozimiga biologiya fanlari doktori, professor Raxmatov N.A. tayinlangan. Raxmatov N.A. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

1995 yildan 2002 yilgacha kafedrani dotsent Amonov M.R. boshqargan. O‘zining ilmiy izlanishlari davomida 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va tezislar tayyorlagan. Ilmiy maslahatchi prof. O.M.Yoriev rahnamoligida 2005 yil M.R.Amonov 02.00.16 – Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Paxta tolasini ishlab chiqarishda qo‘llash uchun mahalliy xom-ashyo asosida suvda eruvchan polimer kompozitsiyalar va ularni olish texnologiyasi”  mavzusidagi  doktorlik dissertatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi “Fan va taraqqiyot” ilmiy-texnologik markaz huzuridagi ixtisoslashtirilgan kengashda muvoffaqiyatli himoya qilgan.

2002-2014  yillarda  kafedrani dotsent Nazarov I.I. boshqargan. 1991 yilda «Радикальная полимеризация и сополимеризация бензоксазолилметилметакрилатов и свойства полимеров на их основе» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Mutaxassisligi 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi. OAK tomonidan 2002 yilda dotsentlik ilmiy unvoni berilgan. Dotsent Nazarov I.I. ilmiy pedagogik faoliyati davomida 180 dan ortiq Respublikamiz va xorij jurnallarida maqolalar va tezis chop ettirgan. 1 ta elektron darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma hamda 20 ta uslubiy qo‘llanma chop etgan.

 Kafedrada 2004 yilda assistent I.B.Shukurov “O‘tkir pankreatitda glutation almashinuvi va uning peroksidlanish va detoksikatsiya jarayonlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

2005 yil mart oyidan 2015 yil may oyigacha kafedra nomi o‘zgarib “Bioneorganik, bioorganik va biologik kimyo” kafedrasi deb nom berilgan. 

2009 yilda katta o‘qituvchi H.I.Amonova “Kraxmal va seritsin asosida iqtisodiy samarali ohorlovchi polimer kompozitsiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

2014 – 2015 yillarda kafedrani professor Yoriev O.M. boshqargan. O.M. Yoriev 300 dan ortiq ilmiy maqolalar 20 dan ortiq patentlar va ixtirolar muallifi. O.M.Yoriev Respublikamiz “Ustoz” jamg‘armasi tomonidan 2002 yilning eng yaxshi ilmiy rahbari deb tan olingan. Uning ilmiy rahbarligida 25 nafar kimyo va texnika fanlari nomzodi va doktorlari tayyorlangan. Polimerchi olimlarning Buxoro maktabini shakllanishiga asos solgan. 2015 yil may oyida kafedraga “Tibbiy va biologik kimyo” nomi berilgan. 2016 yil yanvar oyidan 2017 yil sentabr oyigacha kafedrani dotsent Shukurov I.B. boshqargan.

2017 yil sentabr oyida kafedraga “Tibbiy kimyo” nomi berilgan.

2017 yil sentabr – oktabr oylarida Ixtiyarova G.A., 2017 yil oktabr oyidan 2018 yil oktabr oyigacha kafedrani dotsent Nazarov I.I. boshqargan.

2018 yil noyabr oyidan boshlab kafedrani f.-m.f.f.d. (PhD) Niyazov Laziz Nurxonovich boshqarib kelmoqda. Oxirgi 3 yilda kafedra Rossiyaning Volgograd davlat tibbiyot universteti, Chuvash davlat universiteti; Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti; Turkiyaning Istanbul Jerraxpashsha universiteti va boshqa OTMlar bilan 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalari tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Shu davrda tibbiy kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 10 dan ortiq elektron darslik va dasturlar tayyorlandi. Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari OTMlariga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar mobillik doirasida ma’ruza, master-klass va seminarlar tashkil etib kelishdi.

Volgograd davlat tibbiyot universiteti professori Brel A.K. akademik mobillik doirasida kafedraga tashrifi  2018 yil

2020 yil sentabr oyidan boshlab kafedra ikkiga “Tibbiy kimyo” va “Biokimyo” kafedralariga bo‘lindi. Hozirgi kunda  Tibbiy kimyo kafedrasini dots. L.N.Niyazov boshqarib kelmoqda.

L.N. Niyazov institut talabalari bilan xalqaro yosh olimlar va talabalar forumida 2019 yil

Bugungi kunda Tibbiy kimyo kafedrasida 3 nafar dotsent, 8 nafar assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari biologik faol moddalar sintezi hamda oliy tibbiyot ta’limida kimyo fanlarini o‘qitish usullari mavzularida ilmiy izlanishlari olib bormoqda.

Kafedrada birinchi bosqich talabalari uchun tibbiy kimyo fanidan hamda institutning qo‘shma ta’lim dasturlari uchun rus va ingliz tillarida Kimyo, Umumiy va noorganik kimyo, Organik kimyo, Fizik kimyo, Kolloid kimyo, Farmasevtik noorganik kimyo, Farmasevtik organik kimyo va boshqa fanlardan mashg‘ulotlar olib borilmokda.

Kafedrada ma’ruza xonalari, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun xonalar, laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan alohida xonalar mavjud. Ular asbob-uskunalar va jihozlar bilan jihozlanib, laboratoriya ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlar bilan ta’minlangan.

Teachers of department 2020 y.