Kafedra xodimlarining ilmiy izlanishlari

Kafedra dotsenti Po’latov Sadriddin Sayfullayevich, 15-21.11.2021y QS 1000 reytingiga kiruvchi M.Avezov nomidagi Qozoqiston davlat universitida akademik mobillik doirasida tajriba almashib keldi.

Kafedra oquvuslubiy faoliyati

Kafedra xodimlari tomonidan talabalar bilimini nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzulari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlanadi.

Kafedrada neyroreabilitatsiya yo’nalishi bo’yicha magistrlar tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda. Sport tibbiyoti va neyroreabilitatsiya mutaxassisliklari bo’yicha klinik ordinatorlar tayyorlanadi.

Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy izlanishlarda ishtirok etishi, talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig‘ilishlari o’tkazilib, talabalarning turli konferensiyalarda qatnashib, shuningdek, respublika tanlovlarida qatnashib faxrli o’rinlarnii egallab kelishadi.

Kafedra xodimlari bemorlarni davolash, diagnostika va maslahat ishlarida ham faol ishtirok etib keladi.

Kafedra xodimlari institut ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarida faol qatnashib keladi.