Kafedra tarixi
28.12.2021 2021-12-28 12:11Kafedra tarixi
Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasiAbu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, professor A.Sh.Inoyatovning 2019-yil 2-sentyabrdagi buyrug‘iga asosan Buxoro shahar 9-oilaviy poliklinika hududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Po’latov Sadriddin Sayfullaevich tayinlangan.
Hozirgi kunda “Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Saidova Muxabbat Muxidinovna ishlab kelmoqda. Saidova Muxabbat Muxidinovna 1973-yil Buxoro shahrida tug’ilgan. Saidova Muxabbat Muxidinovna 1998-yil Buxoro davlat tibbiyot institutini “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2000 yil “Ichki kasalliklar” mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2018-2020-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida tayanch doktoranti. 2020-yilda “Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar patologiyaning rivojlanishi va avj olishini prognozlash” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan (ilmiy rahbar tfd, professor Kamilova U.K., tfd Yusupaliyev B.Q.)
2000-2014-yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalqaro YUNЕSKO, sharq tabobati va fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi va vrach nazorati” kafedrasi assistenti, 2014-2017-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalq tibbiyoti, kasb kasalliklari, fizioterapiya, jismoniy madaniyat va sport, VN va DJT” kafedrasi assistenti, 2017-2018-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti, “Xalq tabobati, ftiziatriya va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti, 2017-2020-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti «Ichki kasalliklar» ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranti, 2020-2021-yillar “Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2021-yil sentyabr oyidan kafedra dotsenti, 2021-yil dekabr oyidan mazkur kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan.

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
2019-2021- yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan.