Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi

Idiev G'ayrat Elmurodovich

bo'lim boshlig'i

Bo'lim xodimlari

Yuldasheva Manzura Muzafarovna
Bosh mutaxassis

Buxoro davlat tibbiyot instituti “Ichki nazorat va monitoring” bo’limi,  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan  vazifalarning  bajarilishi, o’quv jarayonida meyoriy hujjatlar va uslubiy ko’rsatmalarning ijro etilishi, shuningdek  institut bo’yicha buyruqlar  va  qarorlarning  o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.      “Ichki nazorat va monitoring” bo’limi o’z faoliyatini  O’zbekiston Respublikasi Oliy  va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2001 yil 29 avgust  207 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim ichki inspektsiya va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi”ni amalga oshirish to’g’risidagi Nizom, TATU instituti Ustavi va bo’lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo’lim institutda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi. Bo’lim institutda o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlarini, vazirlik, qo’mita  va  BuxDTI buyruqlarini hamda  ta’lim  sohasidagi  me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va moritoring bo’limi o’z faoliyatida bevosita Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga bo’ysunadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 12 apreldagi OE48062325-sonli xati bilan bo’lim nomi “Ichki nazorat va monitoring” bo’limidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo’limiga o’zgartirildi.

Bo'limning asosiy vazifalari

Buxoro davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at  qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlari, shuningdek institut  ichki buyruqlari  va  qarorlarining bajarilishi  monitoringini olib borish;

  • Institut professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspektsiyasini tashkil qilish va o’tkazish;                                                                                                
  • Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
  • Institutda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo’yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
  • Institut boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
  • Institut bo’yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;  
  • Institutda o’quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
  • Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish va hal qilish bo’yicha aniq faktlarni institut rahbariyatiga taqdim etish;     
  • Institut fakultetlari va kafedralarida hamda bo’lmlarida ta’lim standartlari va ta’limga oid  me’yoriy hujjatlariga amal qilinishini tekshirish;
  • Institut  ilmiy kengash va boshqaruv yig’ilishlarida, fakultet va kafedralar yig’ilishlarida ishtirok etish;
  • Institut  faoliyati bo’yicha  fakultetlar, kafedralar va bo’limlaridan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
  • Kurs loyihasi (ishlari), bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyani himoya qilish, davlat attestattsiyalarining o’tkazilishini va barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish;
  • O’z huquqi  doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda institutning malakaviy professor-o’qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
  • murojaat qiluvchi yoki boshqa shaxs yo‘qligida murojaatni ko‘rib chiqish mumkin bo‘lmaganda yoxud murojaatni eshitish uchun uni chaqirish;
  • bila turib yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaatni tekshirish sababli yetkazilgan xarajatlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risida sudga murojaat qilish.
  • murojaat qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlashi;
  • murojaat etuvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;
  • murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan, agar jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu qarorga rozi bo‘lmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;
  • murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
  • qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar ko‘rishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni o‘z vakolatlari doirasida aniqlashi;
  • jismoniy shaxs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik shaxs, uning vakili va yuridik shaxs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
  • agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini ko‘rish.