BuxDTI matbuot xizmati E'lonlar

🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

cropped-logo_250x250.png

🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

✅️Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Til bilimdonlari” onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

🟢Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

💠 TANLOV NIZOMINI OʻQISH

➡️Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
🟢2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
🟢3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
🟢4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
🟢5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
🟢Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti taqdirlanadi.

↪️ Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.