BuxDTI matbuot xizmati

1 oktyabr – O’qituvchi kuni

photo_2021-10-01_10-59-20

1 oktyabr – O’qituvchi kuni

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan BuxDTI bir guruh professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorlig‘i” topshirildi.

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘zining ilmiy, ilmiy-uslubiy va o‘quv faoliyatiga ko‘ra 2020 yilgi indikator maxsulotlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha birinchi o‘ntaligidan joy egallagan bir guruh professor-o‘qituvchilarga, jumladan: yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent A.R. Obloqulov; klinik anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasi dotsenti, t.f.n. Ye.A. Xaribova; tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, k.f.n., dotsent – L.N. Niyazov; pediatriya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor – Sh.I. Navruzova; nevrologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor – D.T. Xodjiyeva; fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. – S.S. Davlatov; 1- son akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.d. – N.N. Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorlig‘i” tantanali ravishda institut rektori, professor Sh.J. Teshayev tomonidan topshirildi.
Shuxrat Jumayevich professor-o‘qituvchilarnining kelajakdagi ilmiy, o‘quv-uslubiy faoliyatlariga muvoffaqiyatlar tiladi.