BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Sport tadbirlari

“Besh muhim tashabbus” va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Sog’lom kelajak sari” shiori ostida

BDTI akademik litseyida1

“Besh muhim tashabbus” va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Sog’lom kelajak sari” shiori ostida

          Joriy yilning 27- maydan 31-mayga qadar BDTI akademik litseyida 17 yosh va undan kichik bo’lgan o’smirlar o’rtasida  sportning stol tennisi turi bo’yicha Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan BDTI akademik litseyi bilan hamkorlikda “Besh muhim tashabbus” va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Sog’lom kelajak sari” shiori ostida  O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan murabbiy Gulyam Sharipovich Mo’minov xotirasifa bag’ishlangan XII an’anaviy Respublika turniri  bo’lib o’tdi.

              Musobaqaga Respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan 17 yosh va undan kichik bo’lgan o’smirlar faol ishtirok etishdi.  Turnirga Sport faxriylari jamiyati raisi Bolta Suleymanovich Gapparov, Buxoro viloyat  Davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Mamadxanov Maqsud Maxmudovich, Gulyam Sharipovichning o’g’illari Mo’minov Raxmat Gulyamovich hamda Buxoro viloyat Stol tennis  federatsiyasi boshlig’i tashrif buyurishdi. Ushbu yirik sport bayrami Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi bilan hamkorlikda litseyning jahon talablariga to`liq javob beruvchi zamonaviy sport kompleksida bo`lib o`tdi.

5 kun davomida o`tkazilgan ushbu unutilmas musobaqalar davomida yosh raketka ustalari uchun BDTI akademik litseyi ma`muriyati tomonidan barcha qulayliklarga ega yotoqxona hamda musobaqa ishtirokchilarining kayfiyati va g`alabaga ishonchini kuchaytirish maqsadida 4 mahal issiq ovqat bilan ta`minlanishdi.

Musobaqada asosiy faxrli o’rinlarni Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan o’smir yoshlar egalladilar.  Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan musobaqa yakunida g’oliblari qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliqlar, medallar bilan taqdirlandilar. Sportchilarga    Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Mamadxanov Maqsud Maxmudovich tomonidan  qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Tadbir yakunida  Gulyam Sharipovichning farzandlari tomonidan barcha tadbir qatnashchilari uchun ehson dasturxoni tashkil etildi.