Bitiruvchilar va rahbarlar uchrashuvi davom etmoqda: Qorako‘l tuman hokimi ham bo‘lajak shifokorlar bilan muloqot qildi
07.06.2023 2023-06-08 10:26Bitiruvchilar va rahbarlar uchrashuvi davom etmoqda: Qorako‘l tuman hokimi ham bo‘lajak shifokorlar bilan muloqot qildi
Bitiruvchilar va rahbarlar uchrashuvi davom etmoqda: Qorako‘l tuman hokimi ham bo‘lajak shifokorlar bilan muloqot qildi
Tasdiqlangan reja grafikga muvofiq bugun Jondor tumanidan keyin Qorako‘l tuman hokimi Xurshid Tohirov ham Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Qorako‘llik bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Davolash ishi fakulteti dekani professor Bahodir Safoyev bilan birgalikda bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va boshqa rahbarlar ishtirok etishdi.
Muloqot chog‘ida Xurshid Tohirov Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasining bugungi imkoniyatlari, yangi ochilgan tibbiyot muassasalari hamda u yerda yaratilgan sharoitlar haqida videotaqdimot o‘tkazdi.
Bitiruvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.