BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Bugun 1-iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

71

Bugun 1-iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Mazkur bayram 1925- yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida ta’sis etilgan bo‘lsa, oradan 25 yil o‘tib, 1950 -yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.

Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli. Hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti  hovlisi ishchi xodimlar, professor щыuvchilarning farzandu nevarasi bilan shodu hurram, quvonchu kulgularga to‘ldi.

So‘zga chiqqan institet rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Zubayda Baxranova bolajonlarni bu bayram bilan muborakbod etib, ular salomatlik va baxtli bolalik tiladi.

Shuningdek, Sh.Teshayev o‘z so‘zida “Jo‘yzar” sog‘lomlashtirish majmuasida institut xodimlarining bolalari uchun 2 haftalik bepul dam olish yo‘llanmalari berilishini ma’lum qildi.

Bayram dasturida turli sport musobaqalari, kuy qo‘shiqlar bolajonlarga olam olam zavq ulashdi. Shuningdek, barcha bayram ishtirokchilariga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar ulashildi.

Bayramingiz muborak, aziz bolajonlar!