BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

BuxDTI rektori institutning Rossiyadagi talabalari bilan uchrashdi

photo_2022-10-20_09-54-40

BuxDTI rektori institutning Rossiyadagi talabalari bilan uchrashdi

Buxoro davlat tibbiyot instituti mamlakatimizdagi oliy ta’lim massasalari orasida xalqaro xamkorlik masalalari bo‘yicha muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelayotgan yetakchi oliygohlar qatorida turadi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining bir qancha universitet va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar tashkil etilgan bo‘lib, unda ikki davlatdan ham talabalar tahsil olishmoqda.

Kuni kecha Italiyadan bir qancha kelishuv va shartnomalar imzolab qaytgan rektor Sh.J.Teshaev shu kunlarda Rossiya davlatida bo‘lib turibdi.  Bu yerda Kursk davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan BuxDTI talabalari bilan ushradi. Shu kunlarda mazkur universitetning qo‘shma dasturdagi Biotexnologiya hamda Farmatsiya yo‘nalishlarida Buxorodan  48 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Safar chog‘ida O‘zbekistonnning Rossiyadagi elchixonasi xodimi Fathulla Abdurahmonov, rektor Sh.J.Teshaev, institut dotsenti Ilhom Shukurov Kursk DTU xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i  Shaxine Muxammed muloqot qilishdi. Shuningdek, talabalarning yashash va ta’lim olishdagi sharoitlari bilan tanishdi.

Talabalar turar joyida o‘zbekona milliy taom osh tayyorlanib dusturxon atrofida suhbatlashishdi.

Institut rektorining Rossiyaga safari davom etmoqda.