BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTI vakillari Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabida bo‘lishdi

photo_2022-12-01_11-28-07

BuxDTI vakillari Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabida bo‘lishdi

Shu kunlarda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabida bo‘lishdi.

Mehmonlar ijod maktabining ko‘rkamligi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlardan hayratlanganliklarini, sirdaryolik yoshlarga bilim berishdan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar. Ayniqsa, bu yerdagi ijodiy muhit, o‘g‘il-qizlarning ilmga nechog‘lik tashna ekanliklari mehmonlarda chuqur taassurot uyg‘otdi.

Ma’lumot o‘rnida: Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi 2019 yilda faoliyat boshlagan bo‘lib, o‘quvchilari turli yo‘nalishlarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib kelyapti. Mazkur maktabda tahsil olayotgan  o‘g‘il-qizlar chet ellik ustozlaridan ham ingliz tilidan yanada mukammal saboq olishmoqda.

Bilim maskanida ayni paytda 200 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim oladi.