BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalariga institut logotiplar topshirildi

photo_2022-10-19_11-02-25

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalariga institut logotiplar topshirildi

Bugun joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga qabul qilingan talaba yoshlarga institut ramzi hisoblangan logotiplar topshirildi.

Bayram dasturiga aylanib ketgan tadbirda institut rektori Shuxrat Teshaev, prorektor va dekanlar, professor o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Qayd etish joizki, mazkur o‘quv yilida tibbiyot instituti talabasi degan baxtga sazovor bo‘lgan yoshlar oq xalatning chap tomonida mazkur belgini taqib yurishadi. Bu esa nafaqat talabalik, balki bo‘lajak shifokorlarga institut brenddini targ‘ib qilishga hamda Abu Ali ibn Sinoday allomaning munosib vorisi ekanini his qilishlariga xizmat qiladi.

Talabalarga mazkur institut ramzi aks etgan logotipni rektor Shuxrat Teshaev va fakultet dekanlari taqib qo‘ydi.