BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutining Xalq tabobati yo’nalishidagi Janubiy koreyalik hamkori Buxoroda bepul tibbiy muolajalar olib bormoqda

photo_2022-08-13_00-39-04

Buxoro davlat tibbiyot institutining Xalq tabobati yo’nalishidagi Janubiy koreyalik hamkori Buxoroda bepul tibbiy muolajalar olib bormoqda

Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning komSta kompaniyasi bilan xalq tabobati yo’nalishi bo’yicha bir necha loyihalar doirasida hamkorlik memoriandumi imzolagan edi.

Kelishuvlarga ko’ra, shu kunlarda komSta kompaniyasi Buxoro shahrining Sharq 1 hududidagi Xalq tabobati klinikasida xayriya aksiyasi doirasida tibbiy ko’rik va muolajalarni olib bormoqda.

Jarayonlarda Koreyaning malakali shifokorlari fuqarolarga bepul tibbiy xizmatlar ko’rsatmoqda.

Tibbiy ko’riklar bugun va ertaga ham davom etadi.

Murojaat uchun telefon: +998997430043