BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibiyot institutining AQSh tibbiyot muassasalari bilan hamkorliklari davom etmoqda

e2d3346192648259f845c

Buxoro davlat tibiyot institutining AQSh tibbiyot muassasalari bilan hamkorliklari davom etmoqda

Avval bir necha bor xabar berilganidek, o’tgan haftada mamlakatimiz poytaxti Toshkentda O’zbekiston – Amerika Qo’shma Shtatlari tibbiyot haftaligi o’tkazildi. Haftalik doirasida yurimizga tashrif buyutgan bir guruh AQSHlik olimlar, tibbiyot muassasalri rahbarlari, mutaxassislar Buxoro shahrida bo’lib, tibbiyot institutining yangi kampusi bilan tanishishdi, mutaxassislar va professor o’qituvchilar bilan uchashuvlar o’tkazildi.

Bugun institutga yana bir guruh amerikalik olimlar tashrif buyurishdi. Jumladan, Garvard tibbiyot maktabi direktori Alirizo Hagigi, Garvard universiteti bolalar tibbiyot gospitali direktori Kristina Russ, shu tashkilot loyiha menejerlari Karolina Beyr hamda vatandoshimiz Nilufar Qahhorova oliygoh rahbaryati bilan uchrashdi.

Okean ortidan tashrif buyurgan mehmonlar institut rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Laziz Niyozov, Zubayda Bahronova hamrohligida yaqinda foydalanishga topshirilgan institutning yangi kampusi, u yerda tashkillashtirilgan Simulyatsion markaz, zamonaviy klinikada yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari bilan tanishtirishdi.

Prezidentimizning 2018 yil 5 iyuldagi 3838-sonli qarorga asosan Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida Respublika Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali tashkil etilgan edi.
Mazkur filialning ochilishi katta va kichik ilmiy xodimlarning immunologiya va inson genetikasiga oil ilmiy-tadqiqot ishlarini Buxoro shaxrida olib borish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birgalikda mahalliy aholi orasida avj olib borayotgan immun va irsiy kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston – Amerika Qo‘shma shtatlari tibbiyot haftaligi doirasida yurtimizda bo‘lib turgan Garvard universitetining bir guruh nufuzli olimlari filialda bo‘lib, direktor Nigina Hikmatova bilan uchrashishdi.

Bu yerda yaratilgan sharoitlar va laboratoriya faoliyati bilan tanishishdi.