BuxDTI matbuot xizmati

Buxoroda “Ibn Sinoning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” nomli Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

1adc1af2b6815c4eac324

Buxoroda “Ibn Sinoning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” nomli Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Bugun 8-iyun Peshko‘ tumanining Afshona qishlog‘idagi tibbiyot texnikumida “Ibn Sinoning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” nomli Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada viloyatning sohaga oid mutasaddilari hamda Hindiston, Pokiston, Turkiya kabi davlatlardagi tibbiyot sohasining yetuk olimlari onlayn va oflayn formatda qatnashishdi.

Ma’lumki, Abu Ali ibn Sino tarixda yorqin iz qoldirgan buyuk allomalarimizdan biri bo‘lib, uning boy ilmiy merosi insoniyatga hamon g‘urur va iftixor bag‘ishlab kelmoqda. Alloma Sharq va G‘arb ilm-fani, ma’rifati, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgani bois, o‘z davrida «Shayx ur-rais», «Olimlar boshlig‘i», «Tabiblar podshohi» kabi yuksak maqomlarga sazovor bo‘lgan. «Tib qonunlari» asari esa asrlar davomida tabobatning mufassal qomusi bo‘lib qolmoqda.

Xalqaro anjumanda so‘zga chiqqan o‘zbekistonlik va xorijlik olimlar Abu Ali ibn Sinoning o‘z davridagi innovatsion g‘oyalari, tibbiyot falsafasi, xalq tabobati mutaxassislarini tayyorlashdagi o‘rni,axloqiy va tarbiyaviy qarashlari haqida ma’ruzalar o‘qidi.

Konferensiya yakunida qatnashchilar uchun Peshko‘ tumanidagi Ibn Sino muzeyiga sayohat tashkil etildi. Ziyorat turizmi yo‘nalishida tashkil etilgan Xalqaro konferensiya Ibn Sinoning tug‘ilgan yurti Buxoroga turli soha vakillarining tashrifi va bu orqali qadim yurtning sayyohlik salohiyati yanada oshishiga imkon yaratadi.