BuxDTI matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

photo_2023-01-04_16-29-52

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanqidiy-tahliliy ruhda davom etayotgan ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, hududiy boshqarmalar va tibbiyot birlashmalari hamda sohaga taalluqli oliy o‘quv yurtlari mas’ullari ishtirok etmoqda.

Hay’at yig‘ilishini Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov olib bormoqda.

Amrillo Inoyatov:

“- Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari AQSh, Koreya, Germaniya va Rossiya standartlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Tibbiyotda yetakchi bo‘lgan xorijiy universitetlar darslik va ilmiy ishlari asosida o‘zbek va qoraqolpoq tillarida yangi avlod adabiyotlari yaratiladi.

Talabalarni nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi…”