BuxDTI matbuot xizmati

Hayvonlarga mehr ko‘rsatish-sog‘lom tarbiya, yuksak ma’naviyat namunasi

photo_2022-09-20_09-59-27

Hayvonlarga mehr ko‘rsatish-sog‘lom tarbiya, yuksak ma’naviyat namunasi

 Har yili 4 oktabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalar va tyutor murabbiylar ishtirokida ma’naviy ma’rifiy tadbir va rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Talabalar o‘zining tasviriy san’at yo‘nalishidagi mahoratini ishga solishdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad, insonlarni jonivorlarga nisbatan befarq bo‘lmaslik, jonivorlarga mehr ulashish, har qanday ko‘rinishdagi jonivorlarga zo‘ravonlikdan tiyib turish va bunday harakatlar uchun jazoni kuchaytirish yo‘li bilan jonivorlarni ularga nisbatan shafqatsiz va noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishdan himoya qilish insoniyat burchiligini tushuntirishdan iborat.

Prorektor Z.Bahranova: “-Maqsadimiz shafqatsiz munosabatda bo‘lishning ijtimoiy xavfliligi, hayvonlarni voyaga yetmagan shaxslar ko‘z o‘ngida qo‘pol va asoslanmagan ravishda yo‘q qilish yoki ularga shikast yetkazishdan, hayvonlarga nisbatan munosabatda bo‘lishning umume’tirof etilgan insonparvarlik prinsiplarini qo‘pol buzishning oldini olishdan iborat. Shu bilan birga talaba yoshlarga jonivorlar xox u uy hayvonlari, xox qarovsiz hayvonlar bo‘lsin, barchasiga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularga oziq-ovqat ulashish, ularga boshpanalar qurib berish ham har bir insonning muqaddas burchi ekanini tushuntirishdan iborat”.

Tadbir davomida o‘tkazilgan rasmlar tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.

O‘ylamizki, bunday tadbirlar respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi. Ekologik partiyaning jonivorlar muammosiga yuz tutganidan esa xursandmiz. Aynan sovuq qish kunlariyda mamlakatimiz miqyosida uysiz jonivorlarga e’tibor berilib,  ularni himoyalash, oziqlantirish bo‘yicha aksiyalar o‘tkazlsa, bunga  yoshlar jalb qilinsa daydi jonivorlarga nisbatan insoniylik tomon bir qadam tashlagan bo‘lamiz.