Institut dotsenti ichki ishlar xodimlariga ma’ruza qildi
08.06.2023 2023-06-09 11:05Institut dotsenti ichki ishlar xodimlariga ma’ruza qildi
Institut dotsenti ichki ishlar xodimlariga ma’ruza qildi
Bugun, 8- iyun kuni Buxoro shahar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi ishtirokida onlayn video konferensiya orqali xodimlarning konstitutsiyaviy madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda, Buxoro davlat tibbiyot instituti dotsenti Qahramon Tursunov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgani borasida ma’ruza qilindi.
Qizg‘in fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan o‘quv mashg‘ulotida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.