BuxDTI matbuot xizmati

Institut Kuzatuv kengashining nabatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

photo_2022-12-17_16-08-34

Institut Kuzatuv kengashining nabatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tugatilib,  tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘lgan yuridik shaxs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari tashkil etilgan edi.

BuxDTIga ham joriy yil sentabr oyidan boshlab akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan.

Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining navbatdagi 3-Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash raisi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov, institut rahbariyati hamkor xorijiy tashkilotlar vakilliari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda kengash tomonidan institutning xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Kengash raisi Amrillo Inoyatov ta’lim va tibbiyotni rivojlantirishda asosiy poydevor vazifasini o‘taydigan oliy tibbiy ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan qator masala va toshiriqlarni ta’kidladi.

Shuningdek, yig‘ilishda institutning yaqin hamkorlaridan biri Hindistonning “Neo institute”kompaniyasi tomonidan institutga 20 dona zamonaviy planshetlar topshirildi. Mazkur qurilmalarda Buyuk Britaniya va Hindiston tomonidan ishlab chiqilgan eng zamonaviy tibbiy adabiyotlar va simulyatsion dasturlar o‘rnatilgan.

Bu imkoniyatlar esa talabalarga tibbiyot ilmini puxta o‘zlashtirish hamda jahon standartlariga mos ravishda ta’lim olish uchun yetarli imkoniyatlarni taqdim qiladi.