BuxDTI matbuot xizmati

Institut o‘qituvchi va tyutorlari Ayollar muruvvat uyida

photo_2022-08-26_16-37-14

Institut o‘qituvchi va tyutorlari Ayollar muruvvat uyida

Joriy yilning 20 avgust sanasida Buxoro davlat tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari, Davolash fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat ishlari buyicha dekan muovinlari,fakultet tyutorlari va talabalari  AYoLLAR MURUVVAT UYIga tashrif buyurishdi. 

Insonlarni do‘stlik, ahillik va birdamlikka chorlovchi xususiyat bu mehr-muruvvatdir. Mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovatpeshalik o‘zbek xalqiga xos umrboqiy an’analardan hisoblanadi. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan insonlarni ko‘rganda, ularning mayus ko‘zlariga boqilganda sog‘likni qadriga yetish, shukronalik tuyg‘ulari jo‘sh uradi.

Ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbir davomida mehmonlar bu yerda yashayotgalar bilan dildan suhbat qurishdi. Ularning hayotga qiziqishlari, ko‘zlaridagi quvonch va minnatdorchilikni ko‘rib, mehr-muruvvat qanchalik kuchli qadriyat ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildilar.