BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Institutda talabalar bilan profilaktik ishlar o‘tkazilmoqda

photo_2022-12-07_10-49-31

Institutda talabalar bilan profilaktik ishlar o‘tkazilmoqda

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, bilib-bilmay bu kabi holatlarning ishtirokchisi bo‘lib qolishdan ehtiyotkorlikka chorlashga doir navbatdagi targ‘ibot ishlari olib borildi.

Bunda, huquqiy savodxonlikni oshirish va firibgarlik, o‘g‘irlik hamda kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.

Talabalarga jamiyatda yurish-turish va axloq-odob qoidalariga amal qilish hamda tungi vaqtlarda turar joylarini tashlab chiqish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlar, erta turmush oqibatlari xususida ogohlantirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini yanada mustahkamlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida tushuntirishlar berib borilmoqda.